https://oz.sputniknews.uz/20250526/ozbekiston-xitoy-ishbilarmonlar-kelishuv-49539092.html
O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari 20 tadan ortiq kelishuvga erishishdi
O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari 20 tadan ortiq kelishuvga erishishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida investitsiyalar va savdo sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
2025-05-26T09:20+0500
2025-05-26T09:20+0500
2025-05-26T12:02+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
hamkorlik
savdo
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45305344_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_84a1635d825706618989878543ba2fea.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida investitsiyalar va savdo sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati. Toshkentda Xitoyning Fuszan provinsiyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida investitsiyalar va savdo sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi. Kelishuvlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oldi. Shuningdek, Xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi va Xitoy xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi (CIFIT) tashkilotchilari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Aytilishicha, mazkur hujjat O‘zbekistonga investorlarni jalb qilish va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yirik sarmoyaviy loyihalarni ilgari surishga qaratilgan. Fuszan provinsiyasi Xitoyning iqtisodiy rivojlangan hududlaridan biri. Viloyat yalpi ichki mahsuloti 2024-yilda taxminan 800 milliard dollarni tashkil etgan.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45305344_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_ec956661fa9241151be60861da143a39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy investitsiya savdo investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi itg group, fujian xinwancheng investment, fujian sitong stone company, fuzhou fuqiang precision
o‘zbekiston xitoy investitsiya savdo investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi itg group, fujian xinwancheng investment, fujian sitong stone company, fuzhou fuqiang precision
O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari 20 tadan ortiq kelishuvga erishishdi
09:20 26.05.2025 (yangilandi: 12:02 26.05.2025) Toshkentda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida investitsiyalar va savdo sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida investitsiyalar va savdo sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
matbuot xizmati. Toshkentda Xitoyning Fuszan provinsiyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida investitsiyalar va savdo sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi.
“Tadbir davomida Xitoyning "ITG Group", "Fujian Xinwancheng Investment", "Fujian Sitong Stone Company", "Fuzhou Fuqiang Precision" kabi yirik kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 20 tadan ortiq kelishuvlar imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Kelishuvlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Shuningdek, Xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi va Xitoy xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi (CIFIT) tashkilotchilari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Aytilishicha, mazkur hujjat O‘zbekistonga investorlarni jalb qilish va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yirik sarmoyaviy loyihalarni ilgari surishga qaratilgan.
Fuszan provinsiyasi Xitoyning iqtisodiy rivojlangan hududlaridan biri. Viloyat yalpi ichki mahsuloti 2024-yilda taxminan 800 milliard dollarni tashkil etgan.