https://oz.sputniknews.uz/20250526/ozbekiston-pokiston-traktor-ishlab-chiqarish-49542562.html
O‘zbekiston va Pokiston birgalikda traktor ishlab chiqarishni boshlaydi
O‘zbekiston va Pokiston birgalikda traktor ishlab chiqarishni boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat ishbilarmonlari traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga kelishib olishdi. 26.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-26T13:38+0500
2025-05-26T13:38+0500
2025-05-26T13:38+0500
iqtisod
o‘zbekiston
pokiston
qishloq xo‘jaligi
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_e9d21491adb4e235aef4a7cd88957b4c.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston birgalikda traktor va turli qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga kelishib oldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "AgroTech Klaster" MChJ vakillarining Pokistonning Lahor shahriga ishchi safari tashkil etildi. Safar davomida Pokiston qishloq xo‘jaligi texnikasi, traktor ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Pokistonning yetakchi traktor kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlari va qo‘llaniladigan texnologiyalari bilan tanishdi. Shuningdek, "AgroTech Klaster" tomonidan ishlab chiqariladigan traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdimoti o‘tkazildi. Delegatsiya vakillari mashinasozlik, jumladan, traktor vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikalari bozoriga oid marketing ma’lumotlari, mahalliylashtirish darajasi, sohaga oid qonunchilik talablari bilan ham tanishishdi. Qayd etilishicha, yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish uchun Pokiston ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonga taklif etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250304/ozbekiston-paxta-bugdoy-uzum-meva-48230797.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_73397f035990c72690b005c5710b61f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, pokiston, qishloq xo‘jaligi, hamkorlik
iqtisod, o‘zbekiston, pokiston, qishloq xo‘jaligi, hamkorlik
O‘zbekiston va Pokiston birgalikda traktor ishlab chiqarishni boshlaydi
Ikki mamlakat ishbilarmonlari traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston birgalikda traktor va turli qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga kelishib oldi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "AgroTech Klaster" MChJ vakillarining Pokistonning Lahor shahriga ishchi safari tashkil etildi. Safar davomida Pokiston qishloq xo‘jaligi texnikasi, traktor ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Pokistonning yetakchi traktor kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlari va qo‘llaniladigan texnologiyalari bilan tanishdi. Shuningdek, "AgroTech Klaster" tomonidan ishlab chiqariladigan traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdimoti o‘tkazildi.
“Muzokaralar natijasida 50-85 ot kuchiga ega bo‘lgan, ikki davlat iqlimiga moslashtirilgan traktorlarni va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini hamda ular uchun ehtiyot qismlarni birgalikda ishlab chiqarishni ilgari surish, mahsulotlar narxini optimallashtirish masalalarida kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Delegatsiya vakillari mashinasozlik, jumladan, traktor vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikalari bozoriga oid marketing ma’lumotlari, mahalliylashtirish darajasi, sohaga oid qonunchilik talablari bilan ham tanishishdi.
Qayd etilishicha, yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish uchun Pokiston ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonga taklif etildi.