Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar YeOII mamlakatlari ochiq chempionatida ishtirok etmoqda

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan.Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+
Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Obuna bo‘lish
Chempionatda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy va Zimbabvedan vakillar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonlik iqtidorli o‘quvchilar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hamda YeOII+ hamkor-mamlakatlari kasbiy mahoratining ochiq chempionatida ishtirok etmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Belarusda “ProfSkills Belarus 2025” VI kasbiy mahorat tanlovi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hamda YeOII+ hamkor-mamlakatlari kasbiy mahoratining ochiq chempionati boshlandi.
Ushbu nufuzli musobaqada 400 nafarga yaqin ishtirokchi 50 ta kompetensiya (kasb yo‘nalishi) bo‘yicha bellashmoqda.
Tanlov qurilish, ishlab chiqarish, muhandislik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, ijtimoiy va shaxsiy xizmatlar, shuningdek, ijodiy kasblar va moda yo‘nalishlarini qamrab olgan.
YeOII+ hamkor-mamlakatlarining kasbiy mahorati ochiq chempionatida Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy va Zimbabvedan vakillar ishtirok etmoqda.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan.Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+
Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+
“O‘zbekiston vakillari – Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari kasbiy ta’lim tashkilotlaridan iqtidorli o‘quvchilar ushbu chempionatda 4 ta kompetensiya bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etmoqda”, — deyiladi xabarda.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan.Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+
Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Ctudenti iz Uzbekistana uchastvuyut v Otkritom chempionate professionalnogo masterstva stran YeAES+
Ishtirokchilar 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar (ayrim vakolatlarga - 24 yoshgacha). Professional ta’limning nufuzini oshirish maqsadida yoshlarni iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasiga jalb etish, ishchi va mutaxassislarning kasb mahorati va mehnat unumdorligi darajasini oshirish maqsadida bunday miqyosdagi tanlovlarni o‘tkazish 2014-yildan boshlab an’anaga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0