https://oz.sputniknews.uz/20250525/toshkent-fuchjou-blok-poezd-qatnov-49536797.html
“Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishida blok poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
“Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishida blok poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
“Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishda birinchi blok poyezdini jo‘natishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyodan Xitoyning janubi-sharqiy sohiligacha bo‘lgan hududlar va dengiz yo‘nalishini bog‘laydi.
2025-05-25T14:12+0500
2025-05-25T14:12+0500
2025-05-25T14:12+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
poyezd qatnovi
transport vazirligi
hamkorlik
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/19/49536317_100:0:1108:567_1920x0_80_0_0_7aa65921629e57a65e979e0400ca72aa.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. “Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishida blok poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.“Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishda birinchi blok poyezdini jo‘natishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyodan Xitoyning janubi-sharqiy sohiligacha bo‘lgan hududlar va dengiz yo‘nalishini bog‘laydi.Birinchi blok poyezdi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari solingan 50 ta konteynerdan iborat.Vazirlikka ko‘ra, blok poyezd qatnovining yo‘lga qo‘yilishi “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun yangi imkoniyat ochadi.Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bilan xalqaro yuk tashish hajmi 2024-yil yakuniga ko‘ra tarixiy daraja 6,0 mln tonnaga yetgan.Xitoy tomoni O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/19/49536317_226:0:982:567_1920x0_80_0_0_176aad631ba01c4f4ab1ff496a0bce7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“toshkent – fuchjou” yo‘nalishda birinchi blok poyezdi markaziy osiyo xitoy
“toshkent – fuchjou” yo‘nalishda birinchi blok poyezdi markaziy osiyo xitoy
“Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishida blok poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Birinchi blok poyezdi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari solingan 50 ta konteynerdan iborat.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. “Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishida blok poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Transport vazirligi
matbuot xizmati. “Toshkent – Fuchjou” yo‘nalishda birinchi blok poyezdini jo‘natishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyodan Xitoyning janubi-sharqiy sohiligacha bo‘lgan hududlar va dengiz yo‘nalishini bog‘laydi.
Birinchi blok poyezdi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari solingan 50 ta konteynerdan iborat.
Vazirlikka ko‘ra, blok poyezd qatnovining yo‘lga qo‘yilishi “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun yangi imkoniyat ochadi.
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bilan xalqaro yuk tashish hajmi 2024-yil yakuniga ko‘ra tarixiy daraja 6,0 mln tonnaga yetgan.
Xitoy tomoni O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.