O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilmoqchi

© Sputnik / Evgeny Biyatov / Mediabankka o‘tishBlijnevostochnaya konferensiya kluba "Valday"
Blijnevostochnaya konferensiya kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2025
Obuna bo‘lish
Moskvada Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Moskvada 27-may kuni "Valday" xalqaro munozara klubi va O‘zbekiston strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasida "Rossiya va O‘zbekiston: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari"ga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Anjumandan qator sessiyalar o‘rin olgan. Ulardan biri Rossiya va O‘zbekistonning strategik sherikligida Yevroosiyoda barqarorlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiyaning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash butun Yevroosiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyoti uchun fundamental ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda mamlakatlar siyosiy muloqot va barcha darajadagi hamkorlik borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Tomonlar asosiy mintaqaviy muammo va xatarlarga nisbatan o‘xshash yondashuvlarga amal qilmoqda.
Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

"Savdo urushlari, global bozorlardagi beqarorlik, narxlarning o‘zgaruvchanligi, iqlim o‘zgarishlari tufayli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, agrar sohadagi kooperatsiyani kuchaytirish o‘rta muddatli istiqbolda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikda markaziy o‘rinlardan birini egallaydi", — deyiladi xabarda.

Ishtirokchilar yangi xalqaro sharoitlarda texnologik hamkorlikni rivojlantirish masalasini ham muhokama etishadi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi texnologik va innovatsion hamkorlik raqamli transformatsiya, ilmiy-texnik taraqqiyot va sanoatni modernizatsiya qilish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi. Innovatsion iqtisodiyotni yaratish, yuqori texnologiyalarni rivojlantirish va tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi umumiy ustuvorliklar ikki tomonlama hamkorlik uchun mustahkam asos yaratadi. Texnologik yechimlar va ilmiy ishlanmalarning o‘zaro integratsiyasi kooperatsiyaning muhim elementi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0