Misr kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda neft mahsulotlarini saqlash uchun ombor quradi

© Getty Images / AnadoluDobicha nefti
Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2025
Obuna bo‘lish
Hamkorlikda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish va bambuk ekinzorlarini barpo qilish ham rejalashtirilgan.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Misr kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda neft mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan ombor quradi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiya BAAda ro‘yxatdan o‘tgan "Bell Energy" kompaniyasi boshqaruvi raisi, misrlik tadbirkor Haysam Husayn bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlar Qoraqalpog‘istonning investitsion salohiyati, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, istiqbolli xalqaro loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
© IA "Dunyo"Karakalpakstan privlekayet investitsii iz Yegipta na summu 660 millionov dollarov
Karakalpakstan privlekayet investitsii iz Yegipta na summu 660 millionov dollarov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Karakalpakstan privlekayet investitsii iz Yegipta na summu 660 millionov dollarov
“O‘tkazilgan muloqotlar natijasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va "Bell Energy" kompaniyasi hamda uning biznes hamkorlari o‘rtasida bir qator anglashuv memorandumlari imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagi loyihalar amalga oshriladi:
neft mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan omborlarini barpo qilish;
chiqindilardan energiya ishlab chiqarish;
bioetanol va aviatsiya yonilg‘isi uchun xomashyo hisoblangan bambuk ekinzorlarini barpo qilish;
bolalar farovonligini ta’minlash.
Imzolangan hujjatlarni amalga oshirish maqsadida tomonlar har bir loyihaning texnik jihatlari va moliyaviy masalalarini ishlab chiqish va o‘zaro muvofiqlashtirishga kelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0