Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi

© Press-slujba Minoboroni RFRossiyskie voyennoslujashie, vozvrashennie iz ukrainskogo plena
Rossiyskie voyennoslujashie, vozvrashennie iz ukrainskogo plena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya tomoni tashabbusi bilan keng ko‘lamli asirlar almashinuvi davom etadi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Yana 307 nafar rossiyalik harbiy Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“16 may kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga muvofiq, yana 307 nafar rossiyalik harbiy Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi”, — deyiladi xabarda.
Buning evaziga asirga olingan 307 nafar Ukraina Qurolli kuchlari jangarilari Ukraina tomoniga topshirildi.
Qaytgan askarlar ayni paytda Belarus hududida bo‘lib, ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Keyin ular Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya uchun Rossiyaga olib kelinadi.
Mudofaa vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni tashabbusi bilan keng ko‘lamli asirlar almashinuvi davom etadi.
Almashishning birinchi bosqichi bir kun avval bo‘lib o‘tdi, 270 nafar harbiy xizmatchi, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan Kursk viloyatining 120 nafar tinch aholi vakillari Rossiyaga qaytdi. Buning evaziga, Ukraina qurolli kuchlarining 270 nafar jangchisi va 120 nafar tinch aholisi Ukraina tomoniga topshirildi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uch yil ichida o‘tkazilgan ilk muzokaralarda 1000 ga 1000 formatida mahbuslar almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv bir hafta avval Istanbulda Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifi bilan bo‘lib o‘tdi.
Vstrecha glav MID RF i Armenii S. Lavrova i A. Mirzoyana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Lavrov Ukraina bilan yangi uchrashuvga tayyorgarlik tafsilotlari haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0