https://oz.sputniknews.uz/20250524/jsst-chekuvchilar-49523909.html
JSST: So‘nggi 20-yilda dunyoda chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi
JSST: So‘nggi 20-yilda dunyoda chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi 20-yilda dunyo bo‘yicha tamaki iste’moli qariyb uchdan bir qismga qisqargan. Bu davr ichida chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida.JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bu — 20-yil avval kuchga kirgan Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha hadli konvensiya samarasi.
2025-05-24T14:16+0500
2025-05-24T14:16+0500
2025-05-24T14:43+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jsst
tamaki mahsulotlari
salomatlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/970/82/9708243_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_2e4b7887cc410189794c3f66d6abe7fd.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. So‘nggi 20-yilda dunyo bo‘yicha tamaki iste’moli qariyb uchdan bir qismga qisqargan. Bu davr ichida chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida.JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bu — 20-yil avval kuchga kirgan Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha hadli konvensiya samarasi.Qolaversa, tamaki tutuni passiv chekuvchilar, ya’ni yon-atrofdagi insonlar hayotini ham zaharlamoqda. Xuddi shu omil yiliga 1,2 million nafardan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘lyapti.JSST barcha a’zo davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/970/82/9708243_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_05d9ac6dcd5ab802658435f6fab3bbae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst chekuvchilar
JSST: So‘nggi 20-yilda dunyoda chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi
14:16 24.05.2025 (yangilandi: 14:43 24.05.2025) JSST barcha a’zo davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirmoqda.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. So‘nggi 20-yilda dunyo bo‘yicha tamaki iste’moli qariyb uchdan bir qismga qisqargan. Bu davr ichida chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi,
deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida.
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bu — 20-yil avval kuchga kirgan Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha hadli konvensiya samarasi.
Shunga qaramay, pasayish tendensiyasi xotirjamlik uchun asos bo‘la olmaydi. Chunki tamaki hanuz dunyo bo‘ylab oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim holatlarining asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Ya’ni, ushbu illat oqibatida yiliga 8,7 million odam hayotdan ko‘z yummoqda.
Qolaversa, tamaki tutuni passiv chekuvchilar, ya’ni yon-atrofdagi insonlar hayotini ham zaharlamoqda. Xuddi shu omil yiliga 1,2 million nafardan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘lyapti.
JSSTning qat’iy xulosasiga ko‘ra, qaysi turda va qancha dozada bo‘lmasin, tamaki iste’moli sog‘liq uchun zararli.
JSST barcha a’zo davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirmoqda.