Vladimir Putin Sergey Lavrov va Margarita Simonyanga davlat mukofotlarini topshirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2025
Obuna bo‘lish
Kremlda Rossiya davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Kremlda Rossiya Federatsiyasining oliy davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga eng oliy “Avliyo apostol Andrey Pervozvanniy" ordeni topshirdi.
“Rossiya bosh diplomati Sergey Viktorovich Lavrovning iste’dodi, bilimi, tajribasi, aql-zakovati unga mamlakatimizda ham, butun dunyoda ham, do‘stlari orasida ham, bizda ba’zan aytilganidek, geosiyosiy muxoliflar orasida ham so‘zsiz hurmat keltirdi. Va bunday e’tirof zamirida uning Rossiyaga sodiqligi, har qanday sharoitda uning manfaatlarini qat’iy himoya qilishga tayyorligi yotadi. Vatan ravnaqi yo‘lidagi ko‘p yillik, ko‘lami va murakkabligi jihatidan g‘oyat ulkan, mashaqqatli mehnat. Sergey Viktorovich eng yuksak mukofotlarimizdan biri - Avliyo apostol Andrey Pervozvanniy ordeniga sazovor bo‘ldi”, — dedi Vladimir Putin.
TIV rahbari mukofotdan keyingi nutqida ushbu mukofotni TIV ishiga berilgan baho sifatida qabul qilishini aytdi.
“Sizning bu qaroringizni tashqi siyosat yo‘nalishida oldingizga qo‘yayotgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha butun jamoamizning ishiga berilgan baho sifatida qabul qilaman. Ordenni topshirish bilan bog‘liq bugungi tadbir barcha do‘stlarimni ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash mubolag‘asiz davom etayotgan xalqaro maydonda yuzaga kelgan talablarni hisobga olgan holda yanada faol ishlashga ilhomlantirishiga aslo shubha qilmayman”, — dedi Sergey Lavrov.
"Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan III darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi.
Unga mazkur orden jurnalistikani rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etganligi uchun berildi.
“Men bu mukofotni hali bu zalga kelmagan, lekin undan kam bo‘lmagan g‘ayrat va shijoat bilan, undan kam bo‘lmagan vatanparvarlik bilan ishlayotgan millionlab vatandoshlarim bilan baham ko‘rishni istardim”, — dedi u o‘z so‘zida.
Putin davlat mukofotlarini topshirish marosimini yakunlar ekan, yig‘ilganlarga murojaat qilib, nimanidir o‘rgatishning eng yaxshi usuli shaxsiy namuna ko‘rsatish ekanligini ta’kidladi.
Orden, medal va faxriy unvonlar bilan mukofotlanganlar orasida harbiylar, uchuvchi-kosmonavtlar, jamoat va diniy tashkilotlar vakillari, davlat arboblari, musiqachilar, jurnalistlar, ko‘p bolali onalar, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ta’lim va sanoat sohalari xodimlari bor.
Yangiliklar lentasi
0