Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Vladimir Putin Kursk viloyatida bo‘ldi — asosiy fikrlar

© Administratsiya Prezidenta RossiiNakanune Vladimir Putin sovershil rabochuyu poyezdku v Kurskuyu oblast.
Nakanune Vladimir Putin sovershil rabochuyu poyezdku v Kurskuyu oblast. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2025
Obuna bo‘lish
Kecha Vladimir Putin Kursk viloyatida aholiga yordam berish uchun kelgan ko‘ngillilar bilan uchrashdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni Kursk viloyatiga tashrif buyurib, u yerda Ukraina Qurolli kuchlari bosqinidan keyin mintaqa aholisiga yordam berish uchun kelgan ko‘ngillilar bilan uchrashdi.
© Administratsiya Prezidenta RossiiNakanune Vladimir Putin sovershil rabochuyu poyezdku v Kurskuyu oblast.
Nakanune Vladimir Putin sovershil rabochuyu poyezdku v Kurskuyu oblast. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2025
Nakanune Vladimir Putin sovershil rabochuyu poyezdku v Kurskuyu oblast.
Rossiya yetakchisining qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Ikkinchi Jahon urushi yodgorliklarini yo‘q qilmoqda, bu ularni neonatsizm mafkurasiga ega odamlar deb aytishga barcha asoslarni beradi.
“Hatto, ahmoqlar musobaqasida ham ikkinchi o‘rinni olishgan bo‘lardi. Nima uchun? Chunki ahmoqlar. Qilayotgan ishlari bilan ular o‘zlarining kim ekanliklarini ko‘rsatishadi”, — dedi Vladimir Putin.
Uning aytishicha, dushman hali ham Rossiya chegarasi tomon harakatlanishga harakat qilmoqda. Chegara hududlaridagi vaziyat hududlar dushmandan ozod qilinganidan keyin ham murakkabligicha qolmoqda, dedi Putin.
Putin odamlar imkon qadar tezroq uylariga qaytishlari uchun Kursk viloyatida minalardan tozalash guruhini ko‘paytirishni buyurdi. U, shuningdek, Rossiyaning deyarli barcha an’anaviy konfessiyalari ruhoniylari jangovar aloqa chizig‘ida yordam berayotganini aytib, butun Rossiya hozir bir jamoa, bu mamlakatning barcha maqsadlariga erishish uchun zarur shartdir deb ta’kidladi.
Prezident Rossiya fuqarolarining birdamligi tufayli barcha maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi.
Rossiya rahbari bilan uchrashuvda Xalq fronti, Kursk viloyati ko‘ngillilari, Butunrossiya talabalar qutqaruvchilar korpusi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Kurchatov shahrida Vladimir Putin Kursk viloyati munitsipalitetlari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bundan tashqari, u yangi qurilayotgan Kursk AES-2ni borib ko‘rdi.
Vladimir Putin provol soveshanie na odnom iz punktov upravleniya Kurskoy gruppirovkoy.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Kursk guruhining qo‘mondonlik punktiga bordi
Yangiliklar lentasi
0