Mirziyoyev turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi
16:14 21.05.2025 (yangilandi: 17:01 21.05.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammitida ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbir ishtirokchilari:
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban;
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev.
“Sammitda Budapesht deklaratsiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa qator hujjatlar qabul qilindi”, — deyiladi xabarda
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, deb aytdi.
"Hurmatli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an janobi oliylarining bu boradagi munosib hissasini alohida e’tirof etmoqchiman", — dedi prezident.
O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda sulh bitimining buzilishi va harbiy harakatlarning qaytadan boshlanishi barchani chuqur tashvishga solmoqda.
"Toki “Ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili ro‘yobga chiqmas ekan, Falastin-Isroil nizosining adolatli yechimini topish mumkin emas", — deydi O‘zbekiston rahbari.
Shuningdek, Afg‘onistondagi murakkab vaziyatni inobatga olish va unga birgalikda yechim topish lozimligi aytildi. Afg‘oniston bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilinayotgani tuzilmaning bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib kelayotganidan dalolat beradi.
Sammitda Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni taklif etdi:
"Turk-treyd" onlayn platformasini yaratish va Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish;
Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida "yagona darcha" va "yashil yo‘laklar" tizimini tez fursatda joriy etish;
innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma venchur kompaniyasi va Tashkilotga a’zo mamlakatlarning investitsiyaviy imkoniyatlarini taqdim etadigan yagona portal tashkil etish;
kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmatsevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish;
TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamg‘armasi kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, bu yil noyabrda Toshkentda Turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote neformalnogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshegosya v gorode Budapeshte.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, Viktor Orbanning Budapeshtda Qurg‘oqchilikning oldini olish institutini ishga tushirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Uning faoliyatiga ko‘maklashish va maqsadli loyihalarga kengroq jalb qilish uchun qurg‘oqchilik va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish taklif qilindi.