Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Suhbatni yuqori baholayman" — Putin Tramp bilan nimalar haqida gaplashganini aytdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya va Ukraina tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum tuzishi kutilmoqda.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonot berdi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

“Bu suhbat ikki soatdan ko‘proq davom etdi. Shuni ta’kidlashni istardimki, u juda mazmunli va juda ochiq bo‘ldi. Va umuman olganda, mening fikrimcha, bu borada juda foydali. Avvalo, men Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentiga Ukraina tomoni tomonidan 2022-yilda to‘xtatilgan muzokaralarni qayta tiklash bo‘yicha Rossiya va Ukraina o‘rtasida ehtimoliy tinchlik bitimini tuzish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdim”, — dedi Rossiya yetakchisi.

Aytilishicha, AQSh prezidenti harbiy harakatlarni to‘xtatish, sulh tuzish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi. Bu borada Rossiya ham Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanligi qayd etildi.

“Biz shunchaki tinchlik sari harakatlanishning eng samarali yo‘llarini belgilab olishimiz kerak. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti bilan Rossiya Ukraina tomoni bilan kelajakda bir qator pozitsiyalarni belgilagan holda mumkin bo‘lgan tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum tuzishni taklif qilishi va ishlashga tayyorligi to‘g‘risida kelishib olindi, masalan, kelishuv tamoyillari, tinchlik shartnomasini tuzish mumkin bo‘lgan muddatlar va boshqalar, shu jumladan, tegishli kelishuvlarga erishilgan taqdirda, ma’lum bir vaqtga o‘t ochishni to‘xtatish”, — deya aniqlik kiritdi Vladimir Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi uchrashuv va muzokaralar ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalar qayta tiklandi va to‘g‘ri yo‘lda ekanligiga ishonishga asos bo‘ladi.
“Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, suhbat juda konstruktiv bo‘ldi va men uni yuqori baholayman. Masala, albatta, Rossiya va Ukraina tomonlari tinchlikka maksimal darajada intilishlari va barcha tomonlar rozi bo‘ladigan murosalarni topishlari kerak. Shu bilan birga, umuman olganda, Rossiyaning pozitsiyasi aniq ekanini ta’kidlamoqchiman. Biz uchun asosiysi - bu inqirozning asl sabablarini bartaraf etish”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, AQSh Ukrainadagi vaziyatni tezroq hal qilishdan manfaatdor, Rossiya ham shunday fikrda. Uning aytishicha, Moskva va Kiyev tinchlik shartnomasi va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi memorandumning yagona matnini ishlab chiqish bo‘yicha murakkab aloqalarga duch keladi.
Mir jdet: Putinu i Trampu yest o chem pogovorit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2025
Dunyo kutmoqda: Putin va Trampning gaplashadigan gaplari bor
Yangiliklar lentasi
0