Rossiya Eron va AQShga yadroviy kelishuvga erishishda yordam bermoqchi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
Obuna bo‘lish
Andrey Rudenko: agar muzokaralar ishtirokchilari rozi bo‘lsa, konsensusga erishishda o‘z xizmatlarimizni taklif qilishga tayyormiz.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya Eron va AQShga hozirda muhokama qilinayotgan yadroviy masala bo‘yicha ehtimoliy kelishuv tuzish masalasida konsensusga erishishda yordam berishga tayyor. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.
"Eronlik do‘stlarimiz muzokaralarning hozirgi bosqichi haqida qisqacha ma’lumot berishdi, ular barchani qoniqtiradigan kelishuvlarga erishishga umid qilishmoqda. Biz bunday kayfiyatni olqishladik va agar barcha tomonlar va muzokaralar ishtirokchilari rozi bo‘lsa, konsensusga erishishga yordam beradigan o‘z xizmatlarimizni taklif qilishga tayyorligimizni yana bir bor bildirdik", — dedi Tehronga tashrif buyurgan Rudenko.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Moskva Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarning ijobiy yakunlanishiga va "har ikki tomonni qoniqtiradigan kelishuvlar tuzilishiga" umid qilayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Eron munosabatlarida sodir bo‘ladigan voqealar Moskva barqaror va xavfsiz ko‘rishni istagan mintaqaviy vaziyatga ham ta’sir qiladi.
Rudenkoning ta’kidlashicha, Rossiya Eron tomoniga Eron-AQSh kelishuvida nafaqat vositachi rolini o‘ynashga tayyorligini bildirgan: "Rossiya avvalgi yadroviy kelishuvda ham ushbu kelishuvni amalga oshirishning ma’lum jihatlarini yengillashtirish uchun yordam bergan, shuning uchun turli variantlar mavjud".
Eron va AQSh to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan muzokaralarning to‘rt raundini o‘tkazdi. Ulardan oxirgisi 11-may kuni bo‘lib o‘tdi.
Vstupivshiy v doljnost prezidenta SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2025
Tramp Eronga yadro quroli bo‘yicha ultimatum qo‘ydi
Yangiliklar lentasi
0