O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi oshdi — Markaziy bank

© Sputnik / Baxrom XatamovDevushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
Obuna bo‘lish
Yanvar-mart oylarida pul o‘tkazmalari 32 foizga o‘sdi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 32 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, 2025-yilning yanvar-mart oylarida pul o‘tkazmalari 32 foizga o‘sib, 3,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
“Yuqori o‘sish asosiy savdo hamkorlarning valyutalari mustahkamlanishi hamda mehnat haqi yuqoriroq davlatlarga migrantlar oqimi oshishi bilan izohlanmoqda”, — deyiladi pul-kredit siyosati sharhida.
Pul o‘tkazmalarining ijobiy dinamikasi va iqtisodiyotda ish haqining oshishi aholining umumiy real daromadlarining oshishiga xizmat qilib, ushbu ko‘rsatkich o‘sishi birinchi chorakda 9,8 foizni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga real daromadlar esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,6 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga 2024-yilda kelib tushgan pul o‘tkazmalari 14,8 mlrd dollarni tashkil qilgani xabar qilingan edi. Pul o‘tkazmalari hamji 2023-yilga nisbatan 30 foizga oshgan. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan (11,5 mlrd dollar) kelib tushgan.
Top 5 stran po denejnim perevodam v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2024
O‘zbekistonga eng ko‘p pul qaysi davlatdan o‘tkazilmoqda — infografika
Yangiliklar lentasi
0