Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII huquqi va raqobat haqida so‘zlab beradigan ta’lim loyihasi ishga tushirildi

© Unsplash/JESHOOTS.COMBiznesmen v ofise rabotayet za kompyuterom.
Biznesmen v ofise rabotayet za kompyuterom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
Obuna bo‘lish
Maksim Yermolovichning aytishicha, Komissiyaga monopoliyaga qarshi davlat regulyatori vakolatlari o‘tkazildi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumining "YeOII sudining 10-yilligi: Ittifoq ichki bozorini rivojlantirish va biznes manfaatlarini himoya qilish" sessiyasida ishtirok etdi.
Maksim Yermolovichning aytishicha, komissiyaga monopoliyaga qarshi davlat regulyatori vakolatlari o‘tkazildi.

"Shu munosabat bilan YeIK YeOIIning ham transchegaraviy, ham milliy bozorlarida biznes yuritishning uyg‘unlashtirilgan va bashorat qilinadigan shartlarini shakllantirish bo‘yicha muhim vazifani hal qilmoqda," — dedi YeIK vaziri.

U YeOII sudining maslahat xulosalari va qarorlarining Ittifoqning raqobat sohasidagi huquqini takomillashtirish va huquqni qo‘llash maqsadida huquqiy pozitsiyalarni ishlab chiqishdagi yuqori rolini ta’kidladi.
YeOII to‘g‘risidagi shartnoma bo‘limini raqobat sohasida qo‘llash amaliyoti bo‘yicha ilmiy-amaliy sharh tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
YeIK vazirining qayd etishicha, iqtisodiy faoliyat subyektlari, monopoliyaga qarshi organlardagi xodimlarning YeOII huquqi bo‘yicha xabardorligi hali ham yetarli darajada emas va ta’lim sohasida katta ishlarni talab qiladi.
“Shuning uchun biz Ittifoq mamlakatlarining monopoliyaga qarshi organlari bilan birgalikda, birinchi navbatda, Rossiya Monopoliyaga qarshi federal xizmatga minnatdorchilik bildirmoqchiman, biz monopoliyaga qarshi organlar mutaxassislarini, amaliyotchi huquqshunoslarni to‘plab, ularga YeOII huquqi, YeOII raqobat huquqi, uni qanday qo‘llashimiz, sud amaliyoti, umuman Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi qanday ishlashi haqida so‘zlab beradigan ta’lim loyihasini ishga tushirdik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeIK vaziri YeOII va BRIKS o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0