https://oz.sputniknews.uz/20250519/moskva-sovet-ozbek-rus-modernizm-korgazma-49426425.html
Moskva viloyatida sovet, o‘zbek va rus modernizmiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
Moskva viloyatida sovet, o‘zbek va rus modernizmiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva viloyatidagi "Yangi Quddus" muzeyida “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.
2025-05-19T12:24+0500
2025-05-19T12:24+0500
2025-05-19T13:36+0500
madaniyat
rossiya
o‘zbekiston
ko‘rgazma
rassom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/13/49425594_0:173:1600:1073_1920x0_80_0_0_a01cc539fa01b2d1dca1bbc205259a53.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskva viloyatidagi "Yangi Quddus" muzeyida “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati. “Yangi Quddus" muzeyida 30-may kuni 1920-1930 yillardagi sovet, o‘zbek va rus modernizmining kam o‘rganilgan jihatiga bag‘ishlangan “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazma loyihasi namoyish etiladi. Qayd etilishicha, bu sovet muzeyining barcha qoidalariga zid ravishda shakllantirilgan ikkita betakror sara to‘plamlarni birlashtirgan ko‘p yillar davomidagi ilk xalqaro loyihadir. Ekspozitsiyaga “Yangi Quddus" muzeyi va Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at muzeyi kolleksiyalariga mansub 40 nafar rassomning 160 tadan ortiq rangtasvir va grafik asarlari kiradi. Ular orasida Aleksandr Volkov, Solomon Nikritin, Aleksandr Shevchenko, Kliment Redko va boshqalar bor. Tashkilotchilarning fikricha, “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi XX asrning 20-30 yillaridagi badiiy jarayonga uning butun murakkabliklari va xilma-xilligi bilan yangicha nazar tashlash imkonini beradi. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning qayd etishicha, mazkur qo‘shma loyiha Rossiya va O‘zbekiston do‘stligini mustahkamlashga yordam beradi. “Yangi Quddus" muzeyi va Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarini birlashtirib turadigan jihat shundan iboratki, bugungi kunda ularning “muzey qurilishidagi” o‘rni va fondlarining mazmuni to‘liq ravishda o‘rganilmagan. Qisman shu bois ko‘rgazma ustida ishlashga kengaytirilgan san’at arboblari guruhi jalb etildi. Ko‘rgazma kuratorlari: Loyihaning ilmiy maslahatchisi - san’atshunos, XX asr rus san’ati sohasi mutaxassisi Aleksandr Balashov. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning qayd etishicha, ko‘rgazma madaniy merosga hurmat va odatiy holga aylangan badiiy talqin hikoyalarini qayta ko‘rib chiqishga intilishga asoslangan noyob muzeylararo hamkorlikning mahsulidir. Ko‘rgazmaning alohida e’tibor nuqtasi “muzeylar qurilishi” tarixiga qaratilgan. Ikki to‘plam ham ko‘plab san’at asarlari rasmiy madaniy maydon sarhadlaridan tashqarida qolgan sharoitda shakllangan. Aynan Saviskiy sharofati bilan bunday keng ko‘lamli va betakror to‘plamni yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan. Moskva viloyati madaniyat va turizm vaziri Vasiliy Kuznetsovning aytishicha, bir-biridan 2000 kilometrdan ortiq masofada joylashgan ikki mintaqani va umumiy tarix sahifalari bilan bog‘langan ikki mamlakatni birlashtirgan “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazma loyihasi bugungi kunda eng muhim xalqaro madaniy ko‘prikdir. Ekspozitsiya 1920-1930 yillar rassomlarining izlanishlarini aks ettiruvchi mavzuga oid bo‘limlar ketma-ketligi sifatida tuzilgan: Ta’kidlanishicha, tovushli qurilmalar ham ko‘rgazmaning bir qismiga aylanadi: tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmada namoyish etilayotgan rassomlarning “ovozlarini” tinglash mumkin bo‘ladi, ularning chiqishlari musiqa ostida – mumtoz asarlardan tortib to 1920–1930 yillardagi sovet bastakorlarining deyarli unutilgan asarlarigacha yangraydi. Ko‘rgazma doirasida ilmiy katalog nashr etilmoqda, suvenir mahsulotlari turkumi muomalaga chiqarishga tayyorlanmoqda, kattalar va bolalar uchun mavzuga oid tadbirlar dasturi shakllantirilgan. Ma’lumot uchun, Saviskiy muzeyi ishtirokida ikkita muzey kolleksiyasini qiyosiy taqqoslash asosida yaratilgan shunday miqyosdagi avvalgi muzeylararo loyiha 1989-yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lib, o‘sha kezlari Russkiy muzey bilan birgalikda “Parvozidan ayrilgan avangard” ("Avangard, ostanovlenniy na begu") kitobi nashr etilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20240311/savitskiy-kundaliklari-zamonaviy-texnologiyalar-sanat-42878486.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/13/49425594_0:23:1600:1223_1920x0_80_0_0_5249b1a78325cef5bd1d1f3af74a6be9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva viloyatidagi "yangi quddus" muzeyi “olamlar orasidagi nur” ko‘rgazma
moskva viloyatidagi "yangi quddus" muzeyi “olamlar orasidagi nur” ko‘rgazma
Moskva viloyatida sovet, o‘zbek va rus modernizmiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
12:24 19.05.2025 (yangilandi: 13:36 19.05.2025) “Yangi Quddus" muzeyida “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskva viloyatidagi "Yangi Quddus" muzeyida “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.
“Yangi Quddus" muzeyida 30-may kuni 1920-1930 yillardagi sovet, o‘zbek va rus modernizmining kam o‘rganilgan jihatiga bag‘ishlangan “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazma loyihasi namoyish etiladi. Qayd etilishicha, bu sovet muzeyining barcha qoidalariga zid ravishda shakllantirilgan ikkita betakror sara to‘plamlarni birlashtirgan ko‘p yillar davomidagi ilk xalqaro loyihadir.
Ekspozitsiyaga “Yangi Quddus" muzeyi va Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at muzeyi kolleksiyalariga mansub 40 nafar rassomning 160 tadan ortiq rangtasvir va grafik asarlari kiradi. Ular orasida Aleksandr Volkov, Solomon Nikritin, Aleksandr Shevchenko, Kliment Redko va boshqalar bor.
Tashkilotchilarning fikricha, “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi XX asrning 20-30 yillaridagi badiiy jarayonga uning butun murakkabliklari va xilma-xilligi bilan yangicha nazar tashlash imkonini beradi.
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning qayd etishicha, mazkur qo‘shma loyiha Rossiya va O‘zbekiston do‘stligini mustahkamlashga yordam beradi.
“Yangi Quddus" muzeyi va Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarini birlashtirib turadigan jihat shundan iboratki, bugungi kunda ularning “muzey qurilishidagi” o‘rni va fondlarining mazmuni to‘liq ravishda o‘rganilmagan. Qisman shu bois ko‘rgazma ustida ishlashga kengaytirilgan san’at arboblari guruhi jalb etildi.
“Yangi Quddus" muzeyining Badiiy bo‘limi mudiri Lyudmila Denisova;
San’atshunos, g‘oyalar ijodkori va ssenariylar muallifi Yelena Papchenko;
San’atshunoslik fanlari nomzodi Nadejda Plungan;
“Yangi Quddus" muzeyi Badiiy bo‘limining yetakchi ilmiy xodimi Larisa Chernilova.
Loyihaning ilmiy maslahatchisi - san’atshunos, XX asr rus san’ati sohasi mutaxassisi Aleksandr Balashov.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning qayd etishicha, ko‘rgazma madaniy merosga hurmat va odatiy holga aylangan badiiy talqin hikoyalarini qayta ko‘rib chiqishga intilishga asoslangan noyob muzeylararo hamkorlikning mahsulidir.
“Bu ko‘p yillar davomida “Yangi Quddus” muzeyi va Saviskiy muzeyi kolleksiyalari kabi muhim va ayni paytda turli xil to‘plamlarni birlashtirgan birinchi xalqaro loyihadir. Ular birgalikda san’at tarixining unutilgan yoki buzilgan sahifalarini ochib beradi, bu bizga 1920-1930 yillarga nafaqat avangard va sotsialistik realizm o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida, balki yangi badiiy til, ichki erkinlik va tajriba izlash davri sifatida qarashga imkon beradi”, — deya aniqlik kiritdi Umerova.
Ko‘rgazmaning alohida e’tibor nuqtasi “muzeylar qurilishi” tarixiga qaratilgan. Ikki to‘plam ham ko‘plab san’at asarlari rasmiy madaniy maydon sarhadlaridan tashqarida qolgan sharoitda shakllangan. Aynan Saviskiy sharofati bilan bunday keng ko‘lamli va betakror to‘plamni yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan.
Moskva viloyati madaniyat va turizm vaziri Vasiliy Kuznetsovning aytishicha, bir-biridan 2000 kilometrdan ortiq masofada joylashgan ikki mintaqani va umumiy tarix sahifalari bilan bog‘langan ikki mamlakatni birlashtirgan “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazma loyihasi bugungi kunda eng muhim xalqaro madaniy ko‘prikdir.
Ekspozitsiya 1920-1930 yillar rassomlarining izlanishlarini aks ettiruvchi mavzuga oid bo‘limlar ketma-ketligi sifatida tuzilgan:
“Yangi Sharq mo‘yqalam ustalari” bo‘limida Sharq va milliy modernizm (Aleksandr Volkov, Nikolay Karaxan, O‘rol Tansiqboyev va boshqalar) qiyofasini shakllantiruvchi asarlar taqdim etilgan.
“Zamon siymolari” davr xronikasi sifatidagi portret va yangi jamiyat tipajlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
“2020–1930 yillar metafizikasi” Kliment Redko va Solomon Nikritinlarning falsafiy izlanishlariga murojaat etadi, ular insonning zamon va makondagi shiddatli harakatlari, sanoat va tabiat o‘rtasidagi kurash, fazoviy va yer kuchlarining taranglashuvi hamda radioto‘lqinlarning tebranishlarini matoda gavdalantirishga intilishgan.
“Yangi dunyoning kashf etilishi. Rangtasvirchilar ustaxonasi birlashmasi” bo‘limi sanoat ishlab chiqarishi va dizayniga bo‘lgan qiziqish manzarasida ma’naviy tajriba va tarixning haqiqiy ma’nolarini tashuvchi sifatida dastgohli rangtasvirning ahamiyatini himoya qilgan rassomlar – Aleksandr Shevchenko, Rostislav Barto, Nikolay Viting va boshqalarning ijod yo‘llariga bag‘ishlangan.
“Bugun asarlarimiz Nukus sarhadlaridan tashqariga chiqib, Yangi quddus kabi muzeylar to‘plamlari bilan muloqotga kirishar ekan, bu merosni davom ettirish – madaniyatning jonli to‘qimasini tashkil etuvchi xilma-xillik, tajriba, shaxsiy badiiy ohanglar haqida gapirish naqadar muhimligini ilg‘aymiz. Ishonchim komilki, ko‘rgazma mintaqaviy muzeylarning global badiiy jarayonni saqlash va talqin qilishdagi rolini qayta anglashga muhim hissa bo‘ladi”, — dedi Nukus muzeyi direktori Gulbahor Izentayeva.
Ta’kidlanishicha, tovushli qurilmalar ham ko‘rgazmaning bir qismiga aylanadi: tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmada namoyish etilayotgan rassomlarning “ovozlarini” tinglash mumkin bo‘ladi, ularning chiqishlari musiqa ostida – mumtoz asarlardan tortib to 1920–1930 yillardagi sovet bastakorlarining deyarli unutilgan asarlarigacha yangraydi.
“Ekspozitsiya ssenariysi davrning asosiy muammolarini tavsiflovchi badiiy metaforalar ketma-ketligi sifatida qurilgan: makon va zamon chegaralarining kengayishi, insonning sanoat dunyosidagi o‘rni masalasi, yangi metafizika, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Bu yerda tomoshabinga har bir to‘plam haqida to‘liq tasavvur berish mumkin bo‘lmagan vazifa qo‘yilmaydi, balki keng ma’noda zamon qiyofasi va kelajak g‘oyalari borasida ularning daxldorligi va muloqoti makonlari ochib beriladi”, — deya qayd etdi ko‘rgazma hammuallifi Nadejda Plungan.
Ko‘rgazma doirasida ilmiy katalog nashr etilmoqda, suvenir mahsulotlari turkumi muomalaga chiqarishga tayyorlanmoqda, kattalar va bolalar uchun mavzuga oid tadbirlar dasturi shakllantirilgan.
Ma’lumot uchun, Saviskiy muzeyi ishtirokida ikkita muzey kolleksiyasini qiyosiy taqqoslash asosida yaratilgan shunday miqyosdagi avvalgi muzeylararo loyiha 1989-yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lib, o‘sha kezlari Russkiy muzey bilan birgalikda “Parvozidan ayrilgan avangard” ("Avangard, ostanovlenniy na begu") kitobi nashr etilgan edi.