https://oz.sputniknews.uz/20250519/moskva-mukarrama-turgunboeva-xotira-musiqiy-kecha-49419664.html
Moskvada Mukarrama Turg‘unboyeva xotirasiga bag‘ishlangan musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi
Moskvada Mukarrama Turg‘unboyeva xotirasiga bag‘ishlangan musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Konsertda “Nilufar”, “O‘zbekiston yulduzlari”, “Tanovar”, “Munojot”, “Asta-asta” kabi raqslar ijro etiladi. 19.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-19T11:07+0500
2025-05-19T11:07+0500
2025-05-19T11:07+0500
madaniyat
rossiya
moskva
o‘zbekiston
xotira
konsert
qo‘shiq va raqs ansambli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/14/49438499_0:52:1001:615_1920x0_80_0_0_23037c9fcb639a2d10681a2a88d148ce.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) majmuasida “Bahor” guruhi rahbari Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 112-yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri tashkil etiladi. Bu haqda “Nilufar” raqs guruhi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi. VDNX majmuasidagi “O‘zbekiston paviloni”da 31-may kuni, soat 15:00 da “Nilufar” raqs guruhining (rejissor va xoreograf Elvira Gaidboyeva) yubiley musiqiy kechasi o‘tkaziladi. VDNXdagi “O‘zbekiston” paviloni restavratsiyadan keyin qanday ko‘rinishda – videoTadbir SSSR xalq artisti va ko‘plab Davlat mukofotlari laureati, afsonaviy “Bahor” guruhi rahbari Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 112-yilligiga bag‘ishlandi. “Nilufar” guruhi konsertida guruh repertuaridagi eng sara raqslar, jumladan, “Nilufar”, “O‘zbekiston yulduzlari”, “Tanovar”, “Munojot”, “Asta-asta” va boshqalar o‘rin olgan. Kechada estrada xonandalari Ixtiandr Kadirov, Iroda Turdiyeva hamda Moskva davlat lingvistik universiteti talabalari ishtirok etadi. Tadbir O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tadbir tashabbuskorlari va hammualliflari: Moskva davlat lingvistik universitetining O‘zbek tili va madaniyati markazi, “Anor gullari” an’anaviy madaniy va oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish xalqaro jamoat tashkiloti.Ma’lumot uchun, Mukarrama Turg‘unboyeva 1913-yil 31-may kuni Farg‘ona vodiysida tug‘ilgan. Turg‘unboyeva tomonidan yaratilgan "Tanovar", "Munojot" kabi raqs san’ati durdonalari XX asrning nodir raqslari turkumiga kirdi. "Bahor" raqs ansambli 1957-yilda tuzilgan. 2020-yilda "Bahor" ansambli qayta tashkil etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20220426/lazgining-90-ming-nidosi-raqsga-oid-qiziqarli-malumotlar-24209168.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/14/49438499_55:0:944:667_1920x0_80_0_0_888224002540bc62149680840d378d08.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, rossiya, moskva, o‘zbekiston, xotira, konsert, qo‘shiq va raqs ansambli
madaniyat, rossiya, moskva, o‘zbekiston, xotira, konsert, qo‘shiq va raqs ansambli
Moskvada Mukarrama Turg‘unboyeva xotirasiga bag‘ishlangan musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi
Konsertda “Nilufar”, “O‘zbekiston yulduzlari”, “Tanovar”, “Munojot”, “Asta-asta” kabi raqslar ijro etiladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) majmuasida “Bahor” guruhi rahbari Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 112-yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri tashkil etiladi. Bu haqda “Nilufar” raqs guruhi
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
VDNX majmuasidagi “O‘zbekiston paviloni”da 31-may kuni, soat 15:00 da “Nilufar” raqs guruhining (rejissor va xoreograf Elvira Gaidboyeva) yubiley musiqiy kechasi o‘tkaziladi.
Tadbir SSSR xalq artisti va ko‘plab Davlat mukofotlari laureati, afsonaviy “Bahor” guruhi rahbari Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 112-yilligiga bag‘ishlandi.
“Nilufar” guruhi konsertida guruh repertuaridagi eng sara raqslar, jumladan, “Nilufar”, “O‘zbekiston yulduzlari”, “Tanovar”, “Munojot”, “Asta-asta” va boshqalar o‘rin olgan.
Kechada estrada xonandalari Ixtiandr Kadirov, Iroda Turdiyeva hamda Moskva davlat lingvistik universiteti talabalari ishtirok etadi.
Tadbir O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tadbir tashabbuskorlari va hammualliflari: Moskva davlat lingvistik universitetining O‘zbek tili va madaniyati markazi, “Anor gullari” an’anaviy madaniy va oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish xalqaro jamoat tashkiloti.
Ma’lumot uchun, Mukarrama Turg‘unboyeva 1913-yil 31-may kuni Farg‘ona vodiysida tug‘ilgan. Turg‘unboyeva tomonidan yaratilgan "Tanovar", "Munojot" kabi raqs san’ati durdonalari XX asrning nodir raqslari turkumiga kirdi. "Bahor" raqs ansambli 1957-yilda tuzilgan. 2020-yilda "Bahor" ansambli qayta
tashkil etildi.