Frontal to‘qnashuv: Toshkentda nega kuchli chang bo‘roni kuzatilgani aytildi

© SputnikPilnaya burya v Uzbekistane
Pilnaya burya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2025
Obuna bo‘lish
Batir Xalmuratov: eng asosiy sabab — salqin shimoliy havo oqimi va janubdan kirib kelayotgan issiq havo massasining to‘qnashuvi, bosimning noodatiy ortishi va keskin shamol kuchayishidir.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Kecha Toshkentda kuchli chang bo‘roni kuzatildi. Deputat Baxtiyor Pulatov Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Batir Xalmuratovga tayanib xabar berishicha, chang bo‘ronining yuzaga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘lgan.
Kecha Toshkentda kuchli chang bo‘roni kuzatildi. Deputat Baxtiyor Pulatov Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Batir Xalmuratovga tayanib xabar berishicha, chang bo‘ronining yuzaga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘lgan.
Eng asosiy sabab — salqin shimoliy havo oqimi va janubdan kirib kelayotgan issiq havo massasining to‘qnashuvi, bosimning noodatiy ortishi va keskin shamol kuchayishidir. Bu havo massalari o‘rtasidagi keskin harorat farqi kuchli shamolni keltirib chiqargan.
Aytilishicha, shamol tezligi ayrim hududlarda 20 m/s dan oshgan. Kuchli shamol o‘z navbatida qurigan tuproqdan va ochiq yer maydonlaridan chang zarrachalarini ko‘tarib, havo muhitiga tarqatdi. Natijada shaharning turli nuqtalarida ko‘rish masofasi qisqarib, nafas olish qiyinlashgan.
“Ob-havo sharoitini o‘rganayotgan ekspertlar bu holatni “frontal to‘qnashuv” deb ataydi. Ya’ni sovuq va issiq havo massalari bir joyda to‘qnashganida atmosfera beqarorlashib, kuchli shamol va chang ko‘tarilishi ehtimoli keskin ortadi. Aynan shu jarayon bugun Toshkentda bulutli osmon, chaqmoq va qisqa muddatli yog‘ingarchilik bilan birga kechdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkentda ekologik xizmatlar tomonidan chang miqdori va havoning sifat ko‘rsatkichlari monitoring qilindi. Aholiga ochiq havoda uzoq yurmaslik, niqob taqish, bolalar va keksa insonlarni ehtiyot qilish tavsiya etilmoqda.
Toshkentning ekologik muammolari: yechimlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2025
Matbuot markazi
Toshkent ekologik muammolarni qanday hal qilmoqda - video
Yangiliklar lentasi
0