Xalqaro musobaqa: o‘zbekistonlik merganlar 40 dan ortiq jamoa ichida eng ilg‘or deb topildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanSnayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari xalqaro musobaqada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston merganlari Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Turkiyada 5-16 may kunlari V Xalqaro “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasi o‘tkazildi. 15 davlatning 40 dan ortiq jamoalari ishtirokidagi bellashuvda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi ham qatnashdi.
“Komando” tog‘-o‘quv mashqlar markazida o‘tkazigan musobaqada O‘zbekiston, Turkiya, Pokiston, Qatar, Ozarbayjon, Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari singari o‘ndan ortiq davlat, shuningdek kuzatuvchi maqomida Turkmaniston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya va Quvayt ishtirok etdi.
Musobaqa ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, bir-biridan murakkab 15 ga yaqin shartlar bo‘yicha bahs olib bordi.
Harbiy jamoalar quyidagi shartlarni bajardi:
Yuqori burchak ostida o‘q otish;
Gazniqob taqib, jangovar o‘q otish;
Noaniq masofalarga noqulay istehkomdan o‘q otish;
Turli to‘siqlar ortidan o‘q otish;
Havodagi vertolotdan o‘q otish;
Orolni himoya qilish va qayiqdan jangovar o‘q otish;
Nishonga sezdirmay yaqinlashib o‘q otish;
5 km masofadan yuk va qurol bilan yugurib kelib, sovuq stvoldan o‘q otish;
Tunda nomalum masofalarga o‘q otish;
Surpriz shartlari.
Aytilishicha, vazifalar murakkab bo‘lgan. Shunga qaramay, o‘zbekistonlik habiylar nishonlarni muddatidan oldin yakson etgan.
“Qariyib 10 kun davom etgan bellashuvlarda xorijiy davlat armiyalarining 48 ta jamoasi ichida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, musobaqada Mudofaa vazirligi jamoasi 4-marotaba ishtirok etmoqda va 2022-2023 yillarda 2-o‘rinni hamda 2024-2025 yillarda 1-o‘rinni egallagan.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
1/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
2/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
3/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
4/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
5/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
6/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
7/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
8/9
© Ministerstvo oboroni Uzbekistan
Snayperi Uzbekistana zavoyevali zolotuyu medal na mejdunarodnom sorevnovanii v Tursii
 - Sputnik O‘zbekiston
9/9
1/9
2/9
3/9
4/9
5/9
6/9
7/9
8/9
9/9
Mudofaa vazirligi jamoasi Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2024
Xalqaro musobaqa: o‘zbekistonlik harbiylar AQSh, Avstraliya va Kambodjani ortda qoldirdi
Yangiliklar lentasi
0