Toshkentda ilk bor “Formula 2025” ilmiy-ommabop festivali bo‘lib o‘tmoqda
© SputnikV Tashkentskom botanicheskom sadu vpervie proxodit nauchniy festival "Formula 2025"

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Festivaldan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni uyg‘otish va ilmiy bilimlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatishdan iborat.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Toshkent botanika bog‘ida ilk bor “Formula 2025” ilmiy-ommabop festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Festival Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki ko‘magida Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etildi. Unda maktab o‘quvchilari, talabalar, yoshlar va olimlar ishtirok etmoqda.
© SputnikV Tashkentskom botanicheskom sadu vpervie proxodit nauchniy festival "Formula 2025"

V Tashkentskom botanicheskom sadu vpervie proxodit nauchniy festival "Formula 2025"
© Sputnik
Festivaldan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni uyg‘otish va ilmiy bilimlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatishdan iborat.
“Formula 2025” O‘zbekistonda olimlar, ixtirochilar, o‘qituvchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari, ilm-fan va kelajakka befarq bo‘lmagan barchani birlashtiradigan birinchi keng ko‘lamli hamda akademik hamjamiyat va keng jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro muloqot platformasi hisoblanadi.
© SputnikV Tashkentskom botanicheskom sadu vpervie proxodit nauchniy festival "Formula 2025"

V Tashkentskom botanicheskom sadu vpervie proxodit nauchniy festival "Formula 2025"
© Sputnik
Festival kun tartibidan:
turli yo‘nalishda ko‘zga ko‘ringan yirik olimlar ishtirokidagi ommaviy mini ma’ruzalarni o‘zi ichiga olgan #ScienceTalks;
Fanlar akademiyasi olimlarining ilmiy izlanishlarini aks ettirgan interaktiv ilmiy stendlar va ko‘rgazmalar;
kichik laboratoriya sharoitida turli eksprementlarni o‘tkazib ko‘rish imkonini beruvchi “Tajribalar bilan yorqin bolalar maydoni”;
turli sovrinli viktorinalar va mahorat darslari;
Texnoplov va Batareyka.uz loyihalari asoschilari bilan uchrashuvlar;
“Bir Kun” podkasti ishtirokida #SheScience panel muhokamasi;
#ComedyScienceBattle doirasidagi ilmiy hazillar;
Fanlar akademiyasi olimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini;
yorqin musiqiy chiqishlar o‘rin olgan.