O‘zbekiston Rossiya bilan gidrometeorologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

© Sovet Federatsii RFFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
Obuna bo‘lish
Rossiyadan ta’lim grantlarini jalb qilish, birgalikda gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va akademik almashinuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston Bosh konsulxonaci xodimlari Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti (RDGMU) rektori Valeriy Mixeyev hamda ushbu oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Rektor Valeriy Mixeyev bilan suhbatda Rossiyadan ta’lim grantlarini jalb qilish, birgalikda gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va akademik almashinuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
© IA "Dunyo"Uzbekistan rasshirayet sotrudnichestvo s RGGMU v oblasti meteorologii
Uzbekistan rasshirayet sotrudnichestvo s RGGMU v oblasti meteorologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
Uzbekistan rasshirayet sotrudnichestvo s RGGMU v oblasti meteorologii
O‘zbekistonlik talabalar bilan kechgan muloqotda O‘zbekistonda kechayotgan yangilanishlar, xususan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, vatandosh talablarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Diplomatlar RDGMUga tashrif davomida xorijiy talabalarning o‘qishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi bo‘yicha yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
1930 yilda tashkil etilgan RDGMU Rossiyadagi yagona gidrometeorologiya sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi sanaladi. Mazkur universitet O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi, G‘ani Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, "O‘zLITIneftegaz" AJ, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan.
Hozirgi kunda ushbu universitetda O‘zbekistonning 183 nafar fuqarosi bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olmoqda.
Yangiliklar lentasi
0