O‘zbekiston Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

© Ministerstvo zdravooxraneniyaV Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom
V Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
Obuna bo‘lish
Ushbu voqea bolalar saratoniga qarshi kurashda yangi bosqichni boshlab beradi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekistonda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, Bolalar saratoni bo‘yicha global tashabbus, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida JSST, YuNISEF, Vena xalqaro tibbiyot universiteti va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu voqea bolalar saratoniga qarshi kurashda yangi bosqichni boshlab beradi, tashxis qo‘yish va davolashda multidissiplinar yondashuvni ta’minlash orqali pediatriya yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtiradi.
© Ministerstvo zdravooxraneniyaV Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom
V Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
V Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom
“Bolalar saratoni endi oilalar yolg‘iz o‘zi kurashayotgan muammo emas, bu milliy ustuvorlikka aylandi. Strategiya 2030-yilga kelib yashovchanlik darajasini kamida 60 foizga yetkazish va o‘lim ko‘rsatkichini 2,5 baravar kamaytirish bo‘yicha majburiyatimizga mos keladi, bu esa jahondagi ilg‘or tajribani aks ettiradi”, - deya ta’kidladi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayorov.
© Ministerstvo zdravooxraneniyaV Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom
V Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
V Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom
15 may kuni strategiyani amalga oshirish yo‘llari muhokama qilindi.
“Bolalar saratoni bo‘yicha milliy strategiyani - aniq maqsadlar, aniq chora-tadbirlar va imkon qadar ko‘proq bolalar hayotini saqlab qolish uchun zarur resurslarni o‘z ichiga olgan hujjatni ishlab chiqish O‘zbekiston uchun muhim qadamdir. Ushbu strategiya mamlakatda to‘plangan haqiqiy ma’lumotlar asosida saraton kasalligiga chalingan bolalarga sifatli yordam ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishga yordam beradi”, - dedi tadbirda so‘zga chiqqan JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Ashina Xalakdina.
Ta’kidlanishicha, JSST O‘zbekistonni, ayniqsa, strategiya amalda ishlashi uchun boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va ma’lumotlardan foydalanish masalalarida qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
© Ministerstvo zdravooxraneniyaV Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom
V Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
V Uzbekistane razrabotana i prinyata Natsionalnaya strategiya po borbe s detskim rakom
“Bolalar saratoni bo‘yicha ko‘p tarmoqli strategiya muhim bo‘lib, saraton kasalligiga qarshi kurashda rivojlanishni tezlashtirish va barcha muhim tuzilmalarni birlashtirish uchun jiddiy imkoniyat yaratadi. Bunday jamoaviy yondashuv muhim, chunki bolalar saratoniga qarshi kurash nafaqat hayotlarni saqlab qoladi, balki oilalar va sog‘liqni saqlash tizimiga uzoq muddatli iqtisodiy yukni ham kamaytiradi”, - dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio.
Sentr NMIS zdorovya detey Minzdrava RF, gde proxodat lechenie deti s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2025
Rossiya saratonga chalingan o‘zbekistonlik bolalarga qanday yordam bermoqda?
Yangiliklar lentasi
0