Kreml Putin va Zelenskiy uchrashuvi shartini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey MayshevSpasskaya bashnya Moskovskogo Kremlya i Pokrovskiy sobor
Spasskaya bashnya Moskovskogo Kremlya i Pokrovskiy sobor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
Obuna bo‘lish
Peskov: Delegatsiyalar o‘rtasida ma’lum kelishuvlarga erishilgandan so‘ng bunday uchrashuv o‘tkazilishi mumkin.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi ikki davlat delegatsiyalari tomonidan muayan kelishuvlarga erishilgan taqdirda mumkin, dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Ikki davlat, Ukraina va Rossiya prezidentlari Zelenskiy va Putin o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuv mavzusi bo‘yicha juda ko‘plab savollar kelib tushdi. <…> Ikki tomon delegatsiyalarining ishi natijasida ushbu delegatsiyalar o‘rtasida ma’lum kelishuvlarga erishilgandan so‘ng bunday uchrashuv o‘tkazilishi mumkin. Buni mumkin deb hisoblaymiz. Lekin aynan ish natijasida va ikki tomon o‘rtasidagi kelishuvlar shaklida ma’lum natijalarga erishilganda”, - dedi u.
Muzokaralar bo‘yicha boshqa bayonotlar:
Ukrainani tartibga solish bo‘yicha ishlar endigina boshlandi, u davom etadi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibini o‘zgartirish haqida gap yo‘q.
Moskva va Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ro‘yxatini almashishga kelishib oldi, ish olib borilmoqda.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va ular yopiq tartibda o‘tishi kerak.
Muzokaralarning navbatdagi bosqichidan oldin erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishi kerak.
Hujjatlarni imzolashda Rossiya uchun asosiy masala Ukrainadan imzolovchining nomzodi hisoblanadi.
Istanbuldagi muzokaralardan buyon Rossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasida hozircha aloqa bo‘lmadi.
Putin va Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, Kreml bu haqda xabar beradi.
O‘tgan hafta Vladimir Putin Ukrainaga hech qanday dastlabki shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirishni taklif qilgan edi.
16 may kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar deyarli ikki soat davom etdi. Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy Ukraina bilan 1000 kishiga 1000 kishi tamoyili bo‘yicha mahbus almashinuvi haqida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyev kelajakda mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishga kelishib olgan. Ukraina tomoni muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazishni so‘ragan, Moskva buni inobatga olgan. Medinskiy, shuningdek, Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Peregovori Rossii i Ukraini v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar yakuni bo‘yicha bayonot berdi
Yangiliklar lentasi
0