https://oz.sputniknews.uz/20250516/toshkent-zargarlik-xalqaro-korgazma-savdo-49365416.html
Toshkentda zargarlik buyumlari xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda zargarlik buyumlari xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, BAA va Turkiya korxonalarining noyob mahsulotlari namoyish etiladi. 16.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-16T09:00+0500
2025-05-16T09:00+0500
2025-05-16T09:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
zargarlik buyumlari
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49364956_0:47:1280:767_1920x0_80_0_0_fce83b333ccbee72b856c5fbbbbe028b.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentda 23-25 may kunlari “Uzbek Jewellery Fair–2025” xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati."Uzbek Jewellery Fair 2025" — ikkinchi xalqaro zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar hamda zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladi.Ko‘rgazmada O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Italiya, Turkiya kabi mamlakatlardan 70 tadan ziyod yetakchi korxona ishtirok etishi kutilmoqda.Ular o‘zining eng so‘nggi ishlanmalari va noyob mahsulotlarini namoyish etishadi.Tadbir doirasida quyidagilar tashkil etiladi:Ma’lumot uchun, 2023-yilda o‘tkazilgan ko‘rgazma-savdoda 50 tadan ortiq mahalliy va xorijiy korxonalar 100 mln dollarga yaqin hamkorlik shartnomalarini imzolashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230527/toshkent-uzbek-jewellery-fair-2023-35424335.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49364956_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_011977536512a127eade52efc6819719.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, zargarlik buyumlari, ko‘rgazma
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, zargarlik buyumlari, ko‘rgazma
Toshkentda zargarlik buyumlari xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi
Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, BAA va Turkiya korxonalarining noyob mahsulotlari namoyish etiladi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentda 23-25 may kunlari “Uzbek Jewellery Fair–2025” xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
"Uzbek Jewellery Fair 2025" — ikkinchi xalqaro zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar hamda zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Italiya, Turkiya kabi mamlakatlardan 70 tadan ziyod yetakchi korxona ishtirok etishi kutilmoqda.
Ular o‘zining eng so‘nggi ishlanmalari va noyob mahsulotlarini namoyish etishadi.
Tadbir doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va yuksak sifatli zargarlik buyumlari namoyishi;
xalqaro hamkorlik yo‘nalishida rasmiy uchrashuvlar;
plenar sessiyalar va mutaxassislar ishtirokida panel muhokamalar.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda o‘tkazilgan
ko‘rgazma-savdoda 50 tadan ortiq mahalliy va xorijiy korxonalar 100 mln dollarga yaqin hamkorlik shartnomalarini imzolashgan.