https://oz.sputniknews.uz/20250516/raqobat-qomitasi-17-mingdan-ortiq-noqonuniy-reklama-aniqladi-49393358.html
Raqobat qo‘mitasi 17 mingdan ortiq noqonuniy reklama aniqladi
Raqobat qo‘mitasi 17 mingdan ortiq noqonuniy reklama aniqladi
Sputnik O‘zbekiston
Aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha 200 ga yaqin subyektga nisbatan tegishli tartibda moliyaviy choralar qo‘llanilgan. 16.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-16T15:57+0500
2025-05-16T15:57+0500
2025-05-16T16:03+0500
o‘zbekiston
reklama
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/810/19/8101923_0:0:3116:1753_1920x0_80_0_0_97e8df55f3f84b86dff95c5403a580c7.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yil va 2025-yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan monitoringlarda 17 641 ta reklamada kamchiliklar aniqlangan va bartaraf etilgan. Qo‘mita hisobotida aytilishiga ko‘ra, asosiy qoidabuzarlik turlari quyidagicha: Shuningdek, reklama beruvchilar tomonidan taqdim etilgan reklama eskizlarini amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan 305 ta ekspertiza va tahlillar o‘tkazilib, ularning 81 tasi bo‘yicha reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga nomuvofiqligi haqida xulosalar berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20220910/reklama-togrisidagi-yangi-qonunda-nimalar-taqiqlangan-27959709.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/810/19/8101923_318:0:3049:2048_1920x0_80_0_0_a75e40910e00f4ae8e140b312b7f601f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, reklama, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , jamiyat
o‘zbekiston, reklama, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , jamiyat
Raqobat qo‘mitasi 17 mingdan ortiq noqonuniy reklama aniqladi
15:57 16.05.2025 (yangilandi: 16:03 16.05.2025) Aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha 200 ga yaqin subyektga nisbatan tegishli tartibda moliyaviy choralar qo‘llanilgan.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yil va 2025-yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan monitoringlarda 17 641 ta reklamada kamchiliklar aniqlangan va bartaraf etilgan.
Qo‘mita hisobotida aytilishiga ko‘ra, asosiy qoidabuzarlik turlari quyidagicha:
185 ta noqonuniy reklama axboroti tarqatish faoliyati bo‘yicha;
150 ta dori vositalari preparatlarga oid reklamalar;
337 ta savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarida tamaki, alkogol mahsulotlariga tegishli reklamalar;
10 ta reklama obyektlari tarixiy-madaniy arxitektura yodgorliklarida joylashtirilgan;
27 ta tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan “Umra” ziyoratini reklama qilish holati;
103 ta ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarni noqonuniy reklama qilish;
90 ta veb sayt noqonuniy reklama tarqatgani uchun bloklash choralari ko‘rilgan. 25 holatda ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan noqonuniy reklama qilish aniqlangan. Shuningdek, reklama beruvchilar tomonidan taqdim etilgan reklama eskizlarini amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan 305 ta ekspertiza va tahlillar o‘tkazilib, ularning 81 tasi bo‘yicha reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga nomuvofiqligi haqida xulosalar berilgan.