https://oz.sputniknews.uz/20250516/mirziyoev-turkiya-delegatsiyasi-49376523.html
Mirziyoyev Turkiya delegatsiyasini qabul qildi — muhokama qilingan masalalar
Mirziyoyev Turkiya delegatsiyasini qabul qildi — muhokama qilingan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 15-may kuni Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon Mirziyoyevga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
2025-05-16T10:18+0500
2025-05-16T10:18+0500
2025-05-16T10:25+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiya
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
uchrashuv
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49375729_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a8e12d80637d54aa896f42ac381d351c.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 15-may kuni, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon Mirziyoyevga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.Innovatsiyalar, energetika, sanoat, farmatsevtika, to‘qimachilik, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250425/tanzila-narbaeva-turkiya-buyuk-millat-majlisi-49039313.html
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49375729_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b0e8e067a87561bab4475237fbd25bf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev turkiya
Mirziyoyev Turkiya delegatsiyasini qabul qildi — muhokama qilingan masalalar
10:18 16.05.2025 (yangilandi: 10:25 16.05.2025) O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 15-may kuni, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon Mirziyoyevga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Kecha Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes muloqoti va ko‘rgazmaning samarali natijalari yuksak baholandi. Tovar ayirboshlashni, shu jumladan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish orqali yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.
Innovatsiyalar, energetika, sanoat, farmatsevtika, to‘qimachilik, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.