Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boshlanish arafasida

© Sputnik / Kirill Zikov / Mediabankka o‘tishPeregovori Rossii i Ukraini v Stambule
Peregovori Rossii i Ukraini v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2025
Obuna bo‘lish
Istanbulda 15-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Rossiya—Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari hozircha boshlangani yo‘q.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Bugun ertalab AQSh davlat kotibi Marko Rubio Istanbulga yetib keldi.
Ayni damda u yerda Anqara, Vashington va Kiyev o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar boshlandi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga Turkiya TIVdagi manba. AQSh delegatsiyasi tarkibida Rubio va Kellogg, shuningdek, elchi Barak, Ukraina delegatsiyasi tarkibida Yermak, Umerov va Sibiga bor.

Turkiyalik siyosatchilar Rossiya delegatsiyasi tarkibini yuqori baholadilar.

"Putin muzokaralarga yuborgan jamoa nafaqat diplomatik, balki strategik hamdir. Ular muzokaralar davomida tinchlik o‘rnatish uchun zamin qidirishga tayyor. Muzokaralar stoli misli shaxmat taxtasi. Rus va ukrain xalqlari o‘rtasidagi tinchlik umidi strategiya uchun qurbon bo‘lmaydi, deb umid qilaman", - dedi Turkiya "Adolat va taraqqiyot" partiyasi tashqi aloqalar bo‘limi rahbari o‘rinbosari Ibrohim Xalil Qo‘rqmaz.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov ta’kidlaganidek, Rossiya Istanbuldagi Ukraina bo‘yicha muzokaralarda jiddiy fikr almashishga tayyor, ammo ularning natijalari Moskva pozitsiyasiga bog‘liq emas.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishiga ko‘ra, Rossiya uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga tayyor, lekin Kiyev rejimi bu safar ham muzokaralar atrofida "tomosha" uyushtirmoqda.
"Biz, albatta, Kiyevning ritorikasini diqqat bilan kuzatib boramiz. Kiyev rejimi, ko‘p yillardan beri qilganidek, bu holatda ham muzokaralar atrofida shou uyushtirishga harakat qilmoqda. Zelenskiy ofisi bir-biriga qarama-qarshi, bir-biriga zid va bir-birini inkor etuvchi bayonotlar bermoqda", - dedi Zaxarova.
Kiyev rejimining Istanbuldagi muzokaralarga yondashuvi Ukraina ichida ham tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Radaning sobiq spikeri, deputat Dmitriy Razumkov Zelenskiyning tashrifi mojaroni hal qilish nuqtayi nazaridan hech qanday ma’no yo‘qligini aytdi.
"Men Zelenskiy nega u yerga borganini tushunmayapman, u yerda dam olish uchun issiq emas va u yerga faqat OAV bilan gaplashish uchun samolyotda borish unchalik samarali emas. Muzokaralar umuman bo‘ladimi yoki Ukraina delegatsiyasi ulardan voz kechib vatanga qaytadimi yoki yo‘qmi - aniq tushunmayapmiz", - deydi sobiq deputat.
Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy 15-may kuni matbuot vakillariga bergan bayonotida quyidagilarni ma’lum qilgan edi:
Rossiya Istanbul muzokaralarini 2022-yilda to‘xtatilgan tinchlik jarayonining davomi sifatida ko‘radi;
️Rossiya delegatsiyasining vazifasi — mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish orqali uzoq muddatli tinchlikka erishish;
️delegatsiyaga Rossiya prezidenti tomonidan barcha kerakli vakolatlar berilgan;
️Rossiya delegatsiyasi konstruktiv yondashuv va mojaroni hal qilish yo‘llarini izlash tarafdori.
Rossiya delegatsiyasi tarkibi
Medinskiydan tashqari delegatsiya tarkibida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Bosh shtab bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostukov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin ham bor.
Bundan tashqari, delegatsiyaga ekspertlar ham kiritilgan: Bosh shtab Axborot boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Zorin, prezident huzuridagi Gumanitar sohadagi davlat siyosati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yelena Podobreyevskaya, Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari 2-departamenti direktori, Xalqaro ishlar vazirligi direktori Aleksey Milichuk, Mudofa vazirligi Xalqaro ishlar boshqarmasi direktori o‘rinbosari Viktor Shevsov.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukraina bilan muzokaralar uchun Rossiya delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Yangiliklar lentasi
0