https://oz.sputniknews.uz/20250516/eik-ozbekiston-oziq-ovqat-xavfsizligi-49385506.html
YeIK O‘zbekiston bilan oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
YeIK O‘zbekiston bilan oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi
2025-05-16T13:20+0500
2025-05-16T13:20+0500
2025-05-16T13:20+0500
o‘zbekiston va yeoii
o‘zbekiston
yeoii
yeik
uchrashuv
hamkorlik
oziq-ovqat
xavfsizlik
nurmat otabekov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48724104_0:144:3129:1904_1920x0_80_0_0_695ac209a2d31b2ce9aaa4597a4753e7.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Seminar O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan tegishli qo‘shma tadbirlar rejasi doirasida o‘tkazildi.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va O‘zbekistonning vakolatli davlat organlari va bir qator ilmiy tashkilotlari vakillari o‘zaro savdoda oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.Departament direktori o‘rinbosari Saliya Karimboyeva o‘zbekistonlik hamkasblariga YeOIIda mahsulot xavfsizligiga oid sanitariya-epidemiologik va gigiyenik talablarni yangilash yondashuvlari haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni “Kodeks Alimentarius” komissiyasi standartlariga muvofiq O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi tizimini isloh qilish bo‘yicha taqdimot taqdim etdi.Seminar yakunlari bo‘yicha YeOII doirasida qo‘shma qarorlarni, shu jumladan kuzatuvchi-davlatlar ishtirokida amalga oshirish uchun ushbu formatdagi tadbirlarni o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250507/qirgiziston-ozbekiston-eoii-sariyog-eksport-49231762.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48724104_199:0:2928:2047_1920x0_80_0_0_69cd8f765c2995027fedbedc2c8d024f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeik o‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi
yeik o‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi
YeIK O‘zbekiston bilan oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
O‘zbekiston tomoni “Kodeks Alimentarius” komissiyasi standartlariga muvofiq O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi tizimini isloh qilish bo‘yicha taqdimot taqdim etdi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati
xabar berdi. Seminar O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan tegishli qo‘shma tadbirlar rejasi doirasida o‘tkazildi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va O‘zbekistonning vakolatli davlat organlari va bir qator ilmiy tashkilotlari vakillari o‘zaro savdoda oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
“O‘zbekistonlik hamkasblar bilan uchrashuvlarimiz muntazam o‘tkazilib kelinadi. Ular ko‘plab foydali ma’lumotlar olish va dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini beradi”, — dedi YeIKning Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari departamenti direktori Vladimir Sinkevich.
Departament direktori o‘rinbosari Saliya Karimboyeva o‘zbekistonlik hamkasblariga YeOIIda mahsulot xavfsizligiga oid sanitariya-epidemiologik va gigiyenik talablarni yangilash yondashuvlari haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni “Kodeks Alimentarius” komissiyasi standartlariga muvofiq O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi tizimini isloh qilish bo‘yicha taqdimot taqdim etdi.
“O‘zbekiston va YeOII davlatlarining qo‘shma tadqiqotlari barcha mamlakatlar sanitariya organlari faoliyatining negizi bo‘lgan tamoyil har bir inson salomatligi va hayoti hamda butun jamiyat farovonligi ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi”, — dedi O‘zbekiston SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov.
Seminar yakunlari bo‘yicha YeOII doirasida qo‘shma qarorlarni, shu jumladan kuzatuvchi-davlatlar ishtirokida amalga oshirish uchun ushbu formatdagi tadbirlarni o‘tkazish zarurligi qayd etildi.