https://oz.sputniknews.uz/20250514/xorij-deport-ozbekiston-zagran-pasport-49338943.html
Endi xorijdan deport qilingan o‘zbekistonliklarga 2-yil “zagran” pasport berilmaydi
Endi xorijdan deport qilingan o‘zbekistonliklarga 2-yil “zagran” pasport berilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi qaror: istisno holatlar IIV tomonidan belgilanadi. 14.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-14T09:00+0500
2025-05-14T09:00+0500
2025-05-14T09:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
migratsiya
migrantlar
deportatsiya
pasport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21549488_0:104:2001:1229_1920x0_80_0_0_66a6ea7ac09ad06ba14494bcfbc2a22f.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Endi O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi. Bu haqda Migratsiya agentligi Hukumat qaroriga tayanib xabar berdi.Aytilishicha, "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.2025 yil 1-sentabrdan quyidagi ma’lumotlar Migratsiya agentligi tomonidan Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi:Yagona ma’lumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida quyidagilar kiritiladi:Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.Readmissiya qilingan shaxslar — O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar asosida o‘z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar. Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan bo‘lsa O‘zbekiston tomonidan qabul qilinadi — bu jarayon readmissiya deb ataladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21549488_110:0:1889:1334_1920x0_80_0_0_0a9132bb7c50c5565cb8c6e378c1126f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, migratsiya, migrantlar, deportatsiya, pasport
jamiyat, o‘zbekiston, migratsiya, migrantlar, deportatsiya, pasport
Endi xorijdan deport qilingan o‘zbekistonliklarga 2-yil “zagran” pasport berilmaydi
Yangi qaror: istisno holatlar IIV tomonidan belgilanadi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Endi O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi. Bu haqda Migratsiya agentligi Hukumat qaroriga tayanib
xabar berdi. Aytilishicha, "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.
2025 yil 1-sentabrdan quyidagi ma’lumotlar Migratsiya agentligi tomonidan Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi:
xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan;
O‘zbekistonning xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Yagona ma’lumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida quyidagilar kiritiladi:
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agentligi va uning xorijdagi vakolatxonalaridan (vakillaridan) olingan ma’lumotlar.
"O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi", — deyiladi xabarda.
Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Readmissiya qilingan shaxslar — O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar asosida o‘z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar. Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan bo‘lsa O‘zbekiston tomonidan qabul qilinadi — bu jarayon readmissiya deb ataladi.