Samarqandda tarixiy obidalar yo‘nalishi bo‘ylab ikki qavatli avtobuslar yo‘lga qo‘yildi

© SputnikV Samarkande zapustili dvuxetajnie avtobusi po marshrutu istoricheskix obyektov
V Samarkande zapustili dvuxetajnie avtobusi po marshrutu istoricheskix obyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sayyohlik avtobuslari aylanma yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi va shaharning asosiy diqqatga sazovor joylarini qamrab oladi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Samarqandda tarixiy obidalar yo‘nalishi bo‘ylab ikki qavatli avtobuslar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga sayyohlik kompaniyasi vakili Aziz Ismoilov ma’lum qildi.
Sayyohlik avtobuslari aylanma yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi va shaharning asosiy diqqatga sazovor joylarini qamrab oladi:
Amir Temur maqbarasi;
Registon maydoni;
Ulug‘bek rasadxonasi;
Xo‘ja Doniyor maqbarasi;
Shohi Zinda ziyoratgohi.
Ismoilovning qayd etishicha, ikki qavatli avtobuslar shahar bo‘ylab kunduzi soat 10:00 dan 17:00 gacha, kechqurun - 20:00 dan 23:00 gacha qatnaydi.
Avtobuslar orasidagi interval bir soat. Chipta narxi kattalar uchun 100 ming so‘m, bolalar uchun 50 ming so‘m. Chipta butun kun davomida amal qiladi va marshrutdan bepul foydalanish imkonini beradi.
Aytilishicha, mehmonlar Samarqand shahridagi jamoat transportidan, xususan, elektrobuslardan ham faol foydalanmoqda. Yaqinda ularda bepul Wi-Fi ishga tushdi.
Viloyat transport boshqarmasi vakili Sherzod Xalilovning xabar berishicha, yangi xizmat test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda “Bu elektrobusda Wi-Fi bor” yozuvi tushirilgan stikerlar o‘rnatilgan bitta yo‘nalishda mavjud. Sinovlar yakunlangach, barcha 100 ta elektrobusda bepul internet mavjud bo‘ladi.
Pamatniy kompleks Shaxi-Zinda v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2025
Shohi Zindaga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratiladi
Yangiliklar lentasi
0