O‘zbekiston yetakchisi "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vstretilsya s predsedatelem pravleniya "Gazprom neft"
Prezident Uzbekistana vstretilsya s predsedatelem pravleniya Gazprom neft - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiya bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dukovni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Aleksandr Dukov "O‘zbekiston neft va gazi" xalqaro forumi doirasida Toshkentda bo‘lib turibdi.
Energetika haftaligi 3,4 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

"Uchrashuvda Rossiyaning yoqilg‘i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika haftaligi 13-15 may kunlari bo‘lib o‘tadi. U bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Ko‘rgazmada 34 ta davlat, jumladan, Rossiya va O‘zbekistondan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Rossiyadan 28 ta kompaniya, jumladan, “Rosatom”, “Gazprom”, “Severostal”, “Tatneft” va boshqalar ishtirok etmoqda.
Boshqirdiston Respublikasining kollektiv stendida 6 ta kompaniya xizmatlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, Perm o‘lkasi, Kareliya va Moskva viloyatining jamoaviy stendlari ham bor.
O‘zbekistonni 27 ta ishlab chiqaruvchi va 10 ixtisoslashgan korxona ishtirokida neft-gaz kompaniyasi stendi namoyish etmoqda. Dastur ko‘rgazmalar, forumlar, panel va texnik sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor barqaror rivojlanish, yashil energiya va sanoatni modernizatsiya qilish masalalariga qaratilgan.
O‘zbekistonda qancha ko‘mir, neft va gaz ishlab chiqarildi?
Buxorodagi kollej "Gazprom neft" Kollejlar ligasi a’zosi bo‘ldi
Rosatom nachal izgotovlenie reaktornogo oborudovaniya dlya pervogo bloka atomnoy stansii maloy moshnosti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2025
O‘zbekistondagi kichik quvvatli AES uchun reaktor uskunalari ishlab chiqarish boshlandi — Rosatom
Yangiliklar lentasi
0