https://oz.sputniknews.uz/20250514/oavda-fotosurat-qanday-bolishi-kerak--video-49352504.html
So‘zsiz hikoya qilish san’ati: OAVda fotosurat qanday bo‘lishi kerak — video
So‘zsiz hikoya qilish san’ati: OAVda fotosurat qanday bo‘lishi kerak — video
Sputnik O‘zbekiston
Suratning asosiy vazifasi — tomoshabin e’tiborini jalb qilish, deydi mutaxassis. 14.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-14T21:05+0500
2025-05-14T21:05+0500
2025-05-15T13:27+0500
video
jurnalist
ria novosti
toshkent
talabalar
sputnikpro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0e/49352318_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_0e6156b532efae935e41fcea8b03aa79.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan SputnikPRO mahorat darsida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Birlashgan fotoaxborot direksiyasi direktori Aleksandr Shtol o‘z kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shtolning so‘zlariga ko‘ra, har bir kadr uchta savolga javob berishi kerak: nima? qayerda? qachon? “Hozir biz buni amalga oshira olamiz. Masalan, bizning mediaguruhimizda maxsus jamoa bor, ular suratlarni ta’riflaydi. Ba’zan bizda muallif yoki suratga olingan joy haqida ma’lumot bo‘lmaydi — ana shunda og‘ir arxiv ishlari boshlanadi. Ba’zan mana shu ishlardan butun hayotiy hikoyalar — hech bo‘lmaganda maqola, balki butun kitob ham tug‘iladi”, — dedi mutaxassis.Shuningdek, u fotomuxbir jismonan baquvvat bo‘lishi kerakligini eslatdi: “Ba’zan 20 kg apparat bilan nafaqat yurish, balki yugurishga ham to‘g‘ri keladi". SputnikPRO – Sputnik agentligining jurnalist va blogerlar, matbuot kotiblari va talabalar uchun seminar, ma’ruza va mahorat darslaridan iborat xalqaro ta’lim dasturi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0e/49352318_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_ee576ae84ffe2539ce4728570276868a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, jurnalist, video, ria novosti, toshkent, talabalar, sputnikpro
video, jurnalist, video, ria novosti, toshkent, talabalar, sputnikpro
So‘zsiz hikoya qilish san’ati: OAVda fotosurat qanday bo‘lishi kerak — video
21:05 14.05.2025 (yangilandi: 13:27 15.05.2025) Eksklyuziv
Suratning asosiy vazifasi — tomoshabin e’tiborini jalb qilish, deydi mutaxassis.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan SputnikPRO mahorat darsida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Birlashgan fotoaxborot direksiyasi direktori Aleksandr Shtol o‘z kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
“Fotosurat “stopper” bo‘lishi kerak — ya’ni odam uni ko‘rib to‘xtasin. Eng qimmatli surat — bu izohsiz hamma narsani anglatuvchi surat”, — deydi mutaxassis.
Shtolning so‘zlariga ko‘ra, har bir kadr uchta savolga javob berishi kerak: nima? qayerda? qachon?
“Hozir biz buni amalga oshira olamiz. Masalan, bizning mediaguruhimizda maxsus jamoa bor, ular suratlarni ta’riflaydi. Ba’zan bizda muallif yoki suratga olingan joy haqida ma’lumot bo‘lmaydi — ana shunda og‘ir arxiv ishlari boshlanadi. Ba’zan mana shu ishlardan butun hayotiy hikoyalar — hech bo‘lmaganda maqola, balki butun kitob ham tug‘iladi”, — dedi mutaxassis.
Shuningdek, u fotomuxbir jismonan baquvvat bo‘lishi kerakligini eslatdi: “Ba’zan 20 kg apparat bilan nafaqat yurish, balki yugurishga ham to‘g‘ri keladi".
SputnikPRO – Sputnik agentligining jurnalist va blogerlar, matbuot kotiblari va talabalar uchun seminar, ma’ruza va mahorat darslaridan iborat xalqaro ta’lim dasturi.