https://oz.sputniknews.uz/20250513/toshkent-osiyo-olimpiya-kengash-46-bosh-assambleya-49329867.html
Toshkent Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi
Toshkent Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk bor OOK Bosh Assambleyasini qabul qiladi. 13.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-13T10:09+0500
2025-05-13T10:09+0500
2025-05-13T10:09+0500
sport
o‘zbekiston
toshkent
milliy olimpiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37454522_0:218:3071:1945_1920x0_80_0_0_9d2e40be261f280ad070e6cf1d104229.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi 2026-yil Toshkentda o‘tkaziladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Osiyo Olimpiya Kengashining (OOK) 45-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ilk bor OOK Bosh Assambleyasini qabul qiladi. Bosh Assambleya — Osiyo Olimpiya Kengashining eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, unda 45 ta mamlakatdan Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari ishtirok etadi. Ular Osiyo sportiga oid muhim qarorlar, qit’adagi sport siyosati va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilishadi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Toshkent OOKning Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37454522_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_44d04768d080519d4e5473df43d9f165.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, toshkent, milliy olimpiya qo‘mitasi
sport, o‘zbekiston, toshkent, milliy olimpiya qo‘mitasi
Toshkent Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston ilk bor OOK Bosh Assambleyasini qabul qiladi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi 2026-yil Toshkentda o‘tkaziladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. Osiyo Olimpiya Kengashining (OOK) 45-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ilk bor OOK Bosh Assambleyasini qabul qiladi.
“OOK Bosh direktori Husayn Al Musallamning Bosh Assambleyani 2026-yil Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha taklifi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Bu yurtimizda sport va Olimpiya harakatiga bo‘lgan yuqori e’tibor va xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.
Bosh Assambleya — Osiyo Olimpiya Kengashining eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, unda 45 ta mamlakatdan Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari ishtirok etadi. Ular Osiyo sportiga oid muhim qarorlar, qit’adagi sport siyosati va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Toshkent OOKning Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan edi.