Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya muzokaralarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda — Peskov

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishFederalniy prosvetitelskiy marafon "Znanie. Pervie"
Federalniy prosvetitelskiy marafon Znanie. Pervie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2025
Obuna bo‘lish
Kreml Ukraina bilan muzokaralarga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Rossiya 15-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Rossiya tomoni payshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda”, — dedi Peskov jurnalistlarga.
U, shuningdek, Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya tomonidan kim vakillik qiladi degan savolga “prezident zarur deb hisoblagan zahoti biz buni e’lon qilamiz”, deb aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 11-maydan 12-mayga o‘tar kechasi Putin Rossiya va xorijiy OAV vakillari bilan suhbatda Kiyevga 15-may kuni Istanbulda hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirishni taklif qildi. Rossiya davlat rahbari Ukraina tomonidan amal qiladigan haqiqiy o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishishni istisno qilmasligini aytdi.
Yakshanba kuni kechqurun, AQSh prezidenti Donald Tramp uni bunga rozi bo‘lishga chaqirganidan so‘ng, Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya prezidentini payshanba kuni Turkiyada kutishini yozdi, garchi u ilgari uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi o‘rnatilgunga qadar bunday qadamni qo‘yishdan qat’iyan bosh tortgan edi.
Shu bilan birga, Turkiya prezidenti ma’muriyatining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Kiyev rejimi rahbarining 15-may kuni respublikaga tashrifi rejalari haqida ma’lumot yo‘q.
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun hamma narsa qilmoqda — Peskov
Yangiliklar lentasi
0