Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

© iStock / ridvan_celikMujchina schitayet na kalkulyatore
Mujchina schitayet na kalkulyatore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2025
Obuna bo‘lish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimi takomillashtiriladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Prezident “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
nogironligi bo‘lgan shaxslarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
nogironligi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish;
2025 yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini ta’minlash.
“2025 yil 1-iyundan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Shuningdek, subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Qolaversa, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.
Nogironligi bo‘lgan ayollarni ishga olganlarga subsidiya beriladi
Pustaya invalidnaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2025
Nogironlikning oldini olishga ko‘maklashuvchi tizim yaratiladi — yangi qaror
Yangiliklar lentasi
0