“MISiS” MTTU Olmaliq filiali va Uxan fan va texnologiya universiteti hamkorlik boshladi
© Filial NITU MISISFilial NITU MISIS v gorode Almalik i Uxanskiy universitet nauki i texnologiy (KNR) zaklyuchili strategicheskoe soglashenie o sotrudnichestve, kotoroe otkrivayet novie perspektivi v sfere obrazovaniya, nauki i mejdunarodnogo obmena.

© Filial NITU MISIS
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy fan va texnologiya sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichiga olib chiquvchi hujjat imzoladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiyaning “MISiS” Milliy texnologik tadqiqot universitetining Olmaliq shahridagi filiali va Xitoyning Uxan fan va texnologiya universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Qayd etilishicha, imzolangan hujjat ta’lim, fan va xalqaro almashinuv sohasida yangi istiqbollarni ochishga qaratilgan. Shuningdek, u ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning malakasini oshirishga hissa qo‘shishda muhim qadam bo‘ladi.
Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri talabalar almashinuvi bo‘lib, bu ta’lim dasturlari ufqlarini kengaytiradi va xalqaro aloqalarni mustahkamlaydi.
“MISiS” MTTU filiali talabalari Xitoy ta’lim tizimi, shuningdek, ilg‘or ilmiy va texnik ishlanmalar bilan tanishib, Uxan universitetida tahsil olishlari mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, Uxan universiteti talabalari O‘zbekistonda bilimlarini kengaytirib, Olmaliqda o‘qish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lishadi”, — deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.
Har ikki tomon o‘qituvchilari quyidagi almashinuv dasturlarda ishtirok etishadi:
o‘qitishning yangi uslublarini joriy etish;
o‘zaro tajriba almashish;
o‘quv-uslubiy materiallarni birgalikda ishlab chiqish.
Qayd etilishicha, Uxan fan va texnologiya universiteti muhandislik, materialshunoslik va yangi texnologiyalar sohasidagi yutuqlari bilan mashhur. "MISiS” MTTU esa metallurgiya, nanomateriallar va yuqori texnologiyali tadqiqotlar sohasida yetakchi. Ikkala tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari sanoatda ham, akademik tadqiqotlarda ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimlarni yaratishga yordam beradi.
“Zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan qo‘shma laboratoriyalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu laboratoriyalar nafaqat o‘quv maqsadiga xizmat qiladi, balki jahon andozalari darajasida ilmiy tadqiqotlar olib borishning muhim markazlariga aylanadi”, — deyilgan xabarda.
Aytilishicha, ular har ikki mamlakatda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion ilmiy loyihalarni ishlab chiqadi.
“O‘zaro bilim, ilg‘or texnologiyalar va tajriba almashish nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki, ikki mamlakatning yuqori texnologiyali sanoatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bu hamkorlik ta’lim va ilm-fan sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini mustahkamlash, madaniyatlar va texnologiyalar chorrahasida faoliyat yuritadigan olimlar, muhandislar va mutaxassislarning kelajak avlodlari uchun yangi istiqbollarni ochish, global muammolarga yechim yaratishda muhim bosqich bo‘ladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
"MISiS” MTTUning Olmaliq shahridagi filiali direktori, texnika fanlari doktori Farxodbek Umarovga Uxan fan va texnologiya universiteti (XXR) professori faxriy unvoni berildi.
Bu yuksak e’tirof uning xalqaro ilmiy-ta’lim hamkorligini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda muhandislik-texnika fanlari yo‘nalishida o‘quv va ilmiy izlanishlar olib borishdagi faoliyati natijasidir. Professor unvoni Umarovga fan, innovatsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sohasidagi faol faoliyati uchun berildi.