Litsa Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
"G‘alaba chehralari" loyihasi
"G‘alaba chehralari" loyihasi — Buyuk G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan tayyorlangan qamaldan omon qolganlar, urush qatnashchilari va konslager asirlari haqidagi hujjatli filmlar. Loyiha Sputnik O‘zbekiston xalqaro axborot agentligi va Toshkentdagi Rus uyi tomonidan tayyorlangan.

Toptalgan bolalik: fashistlar konslagerlarida omon qolgan o‘zbekistonliklar hikoyalari

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ulug‘ Vatan urushi davrida natsistlar bosib olingan hududlarda minglab konslagerlar tashkil qilishgan. Asirga olinganlar orasida turli millat vakillari bor edi: yahudiylar, lo‘lilar, slavanlar. Ular asir tushgan askarlar, antifashistlar hamda tinch aholi, jumladan, bolalar edi.
Konsentratsion lager — bu fashistlar odamlarni ko‘pincha millati va siyosiy qarashi bo‘yicha ommaviy ravishda to‘plagan joy. Bu majburiy mehnat lagerlari, tranzit va yig‘ma lagerlar, shuningdek, mahbuslar ustida dahshatli tajribalar o‘tkazilgan o‘lim lagerlari edi. Sivilizatsiyalashgan dunyo Polshadagi Osvensim, Germaniyadagi Zaksenxauzen yoki Latviyadagi Salaspils kabi mashhur lagerlar nomlaridan larzaga keladi.
Bizning har bir faxriylarimiz uchun bu xotiralar yashirib bo‘lmas darajada og‘riqlidir. Ular Germaniyaga majburan olib ketilganda yoshlari 3 yoshdan 14 yoshgacha edi. Ular g‘ayriinsoniy sharoitda, bolaligidan va oilasidan ajralgan holda qolishgan.
Xotiralaridan abadiy o‘chirib tashlashni istagan narsalarni faxriylar butun umri davomida o‘zlari bilan olib yurishdi. Vaqt o‘z ta’sirini o‘tkazadi, o‘tmishdagi ba’zi xotiralar endi unchalik yorqin bo‘lmasa-da, ammo qolganlari o‘sha dahshatli yillarga qaytarish uchun yetarli darajadadir. 80-yil avval insonlar nimalarni boshdan kechirganini tushunishga urinib ko‘ramiz.
“Men u yillarni eslamaslikka harakat qilardim, chunki eslash men uchun juda og‘ir. Belarusda qishloq qanday bosib olinganini eslayman. Nemislar qishloqda odamlarni bir tomonga yig‘ishdi, keyin kattaroq bolalarni olib ketishdi. Keyin oradan biroz vaqt o‘tgach, kichkina bolalarni, jumladan, meni va akamni ham olib ketishdi”, — deydi 8 yoshida konslagerga olib ketilgan Fodor Balobas.
O‘g‘il bolalarni ota-onalaridan ajratishgan. Ular yig‘ilish punktiga olib kelingan, poyezdga ortilgan va Germaniyaga jo‘natilgan. Fashistlar Anatoliy Burikinni ham onasi va akasi bilan birga qo‘lga olishgan. Bu oila fashistlarning eng dahshatli lagerlaridan biri – Zaksenxauzenga tushgan. Aynan o‘sha yerda Stalinning o‘g‘li Yakov halok bo‘lgan.
“Bu lagerda nafaqat SSSRdan, balki Yevropaning boshqa davlatlaridan ham ko‘p odamlar bor edi. Lager sektorlarga bo‘lingan edi. Bir sektorda <bizning> harbiy asirlar, boshqasida — xorijiy harbiy asirlar. Biz turgan sektor "Rus shtrassesi" deb atalgan. Bu yerda asosan ruslar, ukrainlar, umuman, slavanlar bo‘lardi, yana yugoslavlar bo‘lardi”, — dedi 3 yoshida konslagerga tushgan Anatoliy Burikin.
Millionlab bolalar uchun bolalik endigina boshlangandayoq tugagan. Konslagerlarning yosh asirlari iliqlik va g‘amxo‘rlikdan, mehr va quvonchdan mahrum bo‘lishgan — ularning dunyosi sovuq va shafqatsiz bo‘lib qolgan. O‘q tovushlari ostida va simli panjaralar ortida zudlik bilan ulg‘ayish kerak bo‘ldi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0