https://oz.sputniknews.uz/20250511/vladimir-putin-kiev-muzokaralar-taklif-49307982.html
Vladimir Putin Kiyevga muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi
Vladimir Putin Kiyevga muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga bevosita muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi.
2025-05-11T10:39+0500
2025-05-11T10:39+0500
2025-05-11T10:39+0500
siyosat
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
muzokaralar
istanbul
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0b/49307783_0:139:3148:1910_1920x0_80_0_0_3629c979eabf2e8429b94fc31ca2a574.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga bevosita muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi.Putinning aniqlik kiritishicha, gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash haqida ketmoqda. Ular hech qanday shartlarsiz amalga oshirilishi va kechiktirmasdan 15-may kuni Istanbulda boshlanishi kerakligini ta’kidladi.Vladimir Putin Ukraina bilan Istanbulda olib borilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar chog‘ida uzoq muddatli va barqaror tinchlik sari birinchi qadam bo‘ladigan yangi sulhga erishish mumkinligini istisno etmadi.Vladimir Putinning ta’kidlashicha, haqiqatdan ham tinchlikni xohlaydigan har bir kishi Rossiyaning muzokaralar taklifini qo‘llab-quvvatlaydi.Rossiya G‘arbdagi hamkasblariga Moskva Ukrainada G‘alaba kuni e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kelajakda uzaytirishi mumkinligini ma’lum qildi, dedi Rossiya prezidenti.28 aprel kuni Vladimir Putin G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi – 7-8 may yarim tundan 10-11-mayga o‘tar kechasi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0b/49307783_209:0:2940:2048_1920x0_80_0_0_33ed5169452384993b052d87d50ca8c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya prezidenti vladimir putin kiyev muzokaralar qayta boshlash istambul
rossiya prezidenti vladimir putin kiyev muzokaralar qayta boshlash istambul
Vladimir Putin Kiyevga muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi
Rossiya yetakchisi 15-may kuni Istanbulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga bevosita muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi.
“Biz Kiyev rasmiylariga ular to‘xtatib qo‘ygan muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilamiz”, — dedi Putin OAVga bergan bayonotida.
Putinning aniqlik kiritishicha, gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash haqida ketmoqda. Ular hech qanday shartlarsiz amalga oshirilishi va kechiktirmasdan 15-may kuni Istanbulda boshlanishi kerakligini ta’kidladi.
Vladimir Putin Ukraina bilan Istanbulda olib borilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar chog‘ida uzoq muddatli va barqaror tinchlik sari birinchi qadam bo‘ladigan yangi sulhga erishish mumkinligini istisno etmadi.
“Biz bu muzokaralar davomida qandaydir yangi sulhlar, yangi o‘t ochishni to‘xtatish va nafaqat Rossiya, balki Ukraina tomoni ham amal qiladigan haqiqiy sulh haqida kelishib olish mumkinligini istisno qilmaymiz”, — dedi Putin.
Vladimir Putinning ta’kidlashicha, haqiqatdan ham tinchlikni xohlaydigan har bir kishi Rossiyaning muzokaralar taklifini qo‘llab-quvvatlaydi.
Rossiya G‘arbdagi hamkasblariga Moskva Ukrainada G‘alaba kuni e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kelajakda uzaytirishi mumkinligini ma’lum qildi, dedi Rossiya prezidenti.
“Biz uchun muqaddas bayramda uchinchi marta sulh e’lon qildik. Shu bilan birga, biz G‘arbdagi hamkasblarimizga... kelajakda bu sulh shartlarini uzaytirish imkoniyatini istisno qilmasligimizni aytdik. Lekin, albatta, bir necha kun ichida nima bo‘lishini tahlil qilgandan so‘ng”, — dedi Putin.
28 aprel kuni Vladimir Putin G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi – 7-8 may yarim tundan 10-11-mayga o‘tar kechasi.