Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

© Kabinet MinistrovKabinet Ministrov
Kabinet Ministrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2025
Obuna bo‘lish
Mustaqillik maydoni ko‘chasida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosini madaniy meros obyektlar ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Toshkentda joylashgan Hukumat binosi madaniy meros obyektlar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.
Unga ko‘ra, 1962-1964 yillardagi Mustaqillik maydoni ko‘chasi 5-uy manzilida joylashgan Vazirlar Mahkamasining binosini ham ro‘yxatga kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, ro‘yxatga yana 130 ga yaqin obyektlar kiritilishi kutilmoqda. Ular orasida masjidlar, muzeylar va turar joy binolari ham bor.
Yangiliklar lentasi
0