Velikaya Otechestvennaya voyna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi keng nishonlanadi. O‘zbekistonda bayram sharafiga yubiley medali ta’sis etildi, faxriylarning uy-joylari ta’mirlanadi, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi.

Rossiya ittifoqchilarning G‘alabaga qo‘shgan hissasini qadrlaydi — Putin

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i inostrannie lideri na voyennom parade v chest 80-letiya Pobedi
Prezident RF V. Putin i inostrannie lideri na voyennom parade v chest 80-letiya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2025
Obuna bo‘lish
Tinch kelajak uchun kurashgan barchaning umumiy kurashimizga qo‘shgan hissasini yuksak qadrlaymiz, dedi Vladimir Putin.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya ittifoqchilarning Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasini yuksak qadrlashini ta’kidladi.
“Sovet Ittifoqi hududidagi hal qiluvchi janglardan so‘ng Yevropada Ikkinchi frontning ochilishi g‘alabani yaqinlashtirganini doim eslaymiz. Biz ittifoqchi armiyalar askarlari, qarshilik ko‘rsatish qatnashchilari, jasur Xitoy xalqi, tinch kelajak uchun kurashgan barchaning umumiy kurashimizga qo‘shgan hissasini yuksak qadrlaymiz”, - dedi Vladimir Putin Qizil maydonda o‘tkazilgan paradda.
Putinning G‘alaba paradidagi asosiy bayonotlari:
G‘alaba kuni Rossiya xalqi uchun asosiy bayram hisoblanadi;
Ikkinchi jahon urushi saboqlari unutilmaydi, g‘oliblar nomusiga putur yetkazilmaydi;
Rossiya doimo natsizm uchun yengilmas to‘siq bo‘lib qoladi;
Haqiqat va adolat biz tomonda;
Butun Rossiya maxsus operatsiya ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlaydi va ularning ruhiy kuchi bilan faxrlanadi;
Rossiya doimo o‘z birdamligiga tayanadi.
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
G‘alabaning 80-yilligi: Putin O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlarga tabrik yo‘lladi
Yangiliklar lentasi
0