https://oz.sputniknews.uz/20250508/vladimir-putin-si-tszinpin-muzokaralar-49252623.html
Moskvada Vladimir Putin va Si Szinpin uchrashdi
Moskvada Vladimir Putin va Si Szinpin uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy hukumatlari ikki tomonlama kelishuvlarning butun majmuasini amalga oshirish ustida ishlamoqda. 08.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-08T13:43+0500
2025-05-08T13:43+0500
2025-05-08T13:43+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
xitoy
vladimir putin
si szinpin
g‘alabaning 80-yilligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/08/49252451_0:12:3012:1706_1920x0_80_0_0_228257e6ede7ef8f0497a8d05ba6a8e5.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Moskvada Rossiya va Xitoy yetakchilari Vladimir Putin va Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati. Muzokaralar boshlanishidan avval Kremlning Georgiy zalida Xitoy rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Putin va Si Szinpin, shuningdek, Rossiya va Xitoy delegatsiyalari vakillari ishtirok etdi. Vladimir Putin Si Szinpinga G‘alabaning 80-yilligini nishonlashni Rossiya bilan baham ko‘rish qarori uchun minnatdorchilik bildirdi. U shuningdek, prezident Xitoyga yana rasmiy tashrif bilan borishga tayyorligini ma’lum qildi. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy hukumatlari ikki tomonlama kelishuvlarning butun majmuasini amalga oshirish ustida ishlamoqda. Si Szinpinning Moskvaga tashrifi Rossiya uchun katta ahamiyatga ega. Putin Xitoy yetakchisiga ikki tomonlama munosabatlarning barcha ko‘lami bo‘yicha fikr almashishni taklif qildi. Si Szinpin o‘z so‘zida G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etishdan juda xursand ekanligini ta’kidladi. Si Szinpin 9-may kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradining asosiy xorijlik mehmonlaridan biri. Moskva G‘alaba paradida 27 nafar xorijiy davlat rahbarlari ishtirok etishini kutmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250507/shavkat-mirziyoev-amaliy-tashrif-rossiya-49245276.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/08/49252451_46:0:2777:2048_1920x0_80_0_0_506d9d7e8e55f450d6f5da666e9f40a5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, xitoy, vladimir putin, si szinpin, g‘alabaning 80-yilligi
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, xitoy, vladimir putin, si szinpin, g‘alabaning 80-yilligi
Moskvada Vladimir Putin va Si Szinpin uchrashdi
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy hukumatlari ikki tomonlama kelishuvlarning butun majmuasini amalga oshirish ustida ishlamoqda.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Moskvada Rossiya va Xitoy yetakchilari Vladimir Putin va Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
Muzokaralar boshlanishidan avval Kremlning Georgiy zalida Xitoy rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Putin va Si Szinpin, shuningdek, Rossiya va Xitoy delegatsiyalari vakillari ishtirok etdi.
Vladimir Putin Si Szinpinga G‘alabaning 80-yilligini nishonlashni Rossiya bilan baham ko‘rish qarori uchun minnatdorchilik bildirdi. U shuningdek, prezident Xitoyga yana rasmiy tashrif bilan borishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Rossiya va Xitoy munosabatlarini boshqa davlatlarga qarshi emas, balki o‘z xalqlari manfaati uchun rivojlantirmoqda. Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro manfaatli”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy hukumatlari ikki tomonlama kelishuvlarning butun majmuasini amalga oshirish ustida ishlamoqda.
Si Szinpinning Moskvaga tashrifi Rossiya uchun katta ahamiyatga ega. Putin Xitoy yetakchisiga ikki tomonlama munosabatlarning barcha ko‘lami bo‘yicha fikr almashishni taklif qildi.
Si Szinpin o‘z so‘zida G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etishdan juda xursand ekanligini ta’kidladi.
“Pekin va Moskva Ikkinchi jahon urushi tarixi haqidagi haqiqatni himoya qilishga tayyor. Bundan 80-yil avval rus va xitoy xalqlari og‘ir yo‘qotishlar evaziga buyuk G‘alabani qo‘lga kiritib, butun dunyoda tinchlik o‘rnatish va insoniyat taraqqiyotiga ulkan tarixiy hissa qo‘shishdi”, — dedi Xitoy yetakchisi.
Si Szinpin 9-may kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradining asosiy xorijlik mehmonlaridan biri. Moskva G‘alaba paradida 27 nafar xorijiy davlat rahbarlari ishtirok etishini kutmoqda.