Velikaya Otechestvennaya voyna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi keng nishonlanadi. O‘zbekistonda bayram sharafiga yubiley medali ta’sis etildi, faxriylarning uy-joylari ta’mirlanadi, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi.

Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston yetakchisi “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu muazzam obida urushda O‘zbekiston xalqi chekkan azob-uqubatlar, matonat va yo‘qotishlarning ifodasidir.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
1/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
2/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
3/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
4/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
5/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
6/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
7/8
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v etot den posetil Park Pobedi i prinyal uchastie v pamatnoy seremonii. - Sputnik O‘zbekiston
8/8
1/8
2/8
3/8
4/8
5/8
6/8
7/8
8/8
“Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.
G‘alabaga alanga oralab: o‘zbekistonlik front askarlarining hayotiy hikoyalari
Mamlakat urush yillarida frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylangan, jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, kiyim va oziq-ovqatlar yetkazib turilgan.
Og‘ir sharoitga qaramay, o‘zbek xalqi urush hududlaridan ko‘chirib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani o‘z bag‘riga olib, mehr ko‘rsatgan.
Omon qolgan bolalar: Qanday qilib O‘zbekiston qamalda bo‘lganlar uchun ikkinchi uyga aylandi?
“Bular chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir. Bunday murakkab va shonli g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan matonatli xalqimiz bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Bu qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak. Ayniqsa, hozirgi tahlikali zamonda buning ahamiyati nihoyatda katta. Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning 19-fevraldagi qaroriga muvofiq, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlanmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.
Davlatimiz rahbari bog‘da o‘rnatilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasini ham ko‘zdan kechirdi. U Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan o‘zbekistonlik qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Monument parvoz qilayotgan ikki qush shaklida bo‘lib, katta va yosh avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi.
Asar tarixiy meros va zamonaviy san’atni o‘zida mujassam etgan. Unga QR-havola o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar majmua va urush qahramonlari haqida o‘qishi, “Xotira nuri” kitobini yuklab olishi mumkin.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni i trudovogo fronta. Na vstreche glava gosudarstva pozdravil ix s prazdnikom.
Prezident Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni i trudovogo fronta. Na vstreche glava gosudarstva pozdravil ix s prazdnikom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni i trudovogo fronta. Na vstreche glava gosudarstva pozdravil ix s prazdnikom.
Shuningdek, mamlakat yetakchisi G‘alaba bog‘idagi “Millat fidoyilari” xiyobonida bo‘ldi, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilarini ham ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi dasturi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0