O‘zbekiston va Rossiya gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik boshladi

© OOO "Rossiyskiy krasniy krest"Rossiyskiy Krasniy Krest i Obshestvo Krasnogo Polumesatsa Uzbekistana podpisali soglashenie o vzaimoponimanii.
Rossiyskiy Krasniy Krest i Obshestvo Krasnogo Polumesatsa Uzbekistana podpisali soglashenie o vzaimoponimanii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2025
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat aholining zaif qatlamlariga yordam ko‘rsatadi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. "Rossiya Qizil Xoch" Butunrossiya jamoat tashkiloti va O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv shartnomasi imzolandi, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Hamkorlik shartnomasi gumanitar yordam sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Milliy jamiyatlar hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, seminar va treninglar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro forumlarda ishtirok etishni rejalashtirgan.
“Shartnoma uch yil muddatga amal qiladi va o‘zaro rozilik bilan avtomatik ravishda uzaytiriladi. Bu insonparvarlik va o‘zaro hurmatga asoslangan barqaror hamkorlik yo‘lidagi muhim qadamdir”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, rejalardan quyidagilar joy olgan:
Aholining zaif qatlamlariga yordam ko‘rsatish;
ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakatining Asosiy tamoyillarini tarqatish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etish;
Oilaviy aloqalarni tiklash bo‘yicha hamkorlik;
Jamiyatlarning favqulodda vaziyatlarga chidamliligini kuchaytirish.
“Birgalikda ishlash orqali biz yordam ko‘lamini kengaytirishimiz, ko‘ngillilarning tayyorgarligini yaxshilashimiz va favqulodda vaziyatlarda samaraliroq javob berishni ta’minlaymiz. Ishonamanki, bizning hamkorligimiz yangi gumanitar yechimlar, Rossiya, O‘zbekiston va undan tashqaridagi insonlar duch kelayotgan muammolarga birgalikda javob berish uchun mustahkam platformaga aylanadi”, — dedi Rossiya Qizil Xoch tashkiloti raisi Pavel Savchuk.
Aytilishicha, tashkilot delegatsiyasi allaqachon Toshkentda uchrashuvlar o‘tkazgan, tashrif Samarqandda davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0