https://oz.sputniknews.uz/20250508/natsistlar-nevara-evropa-hokimiyat-49252180.html
Natsistlar nevaralari Yevropada hokimiyat tepasida — video
Natsistlar nevaralari Yevropada hokimiyat tepasida — video
Sputnik O‘zbekiston
Natsistlarning avlodlari yana hokimiyatda. 08.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-08T13:09+0500
2025-05-08T13:09+0500
2025-05-08T15:24+0500
ulug‘ vatan urushidagi g‘alabaning 80-yilligi
video
g‘alaba
g‘alaba bayrami
9 may - muqaddas xotira va buyuk g‘alaba kuni
g‘alabaning 80-yilligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/08/49252011_0:0:711:400_1920x0_80_0_0_819526962b63657007b465768fbb8857.jpg
Bu yil dunyo fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 80-yilligini nishonlamoqda. G‘arb siyosatchilari allaqachon Moskvada bo‘lajak tadbirlardan noroziligini bildirgan.“9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradlar yoki bayramlarda har qanday qatnashish Yevropa tomonidan yengil qabul qilinmaydi”, deydi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje “Yevropa Ittifoqi Moskvada 9-mayga bag‘ishlangan YeI qadriyatlariga zid bo‘lgan tadbirlarda qatnashmaslik haqida aniq ko‘rsatmalar berdi”, deb aytdi. Bu chaqiriqlar YeIga a’zo bo‘lishga da’vogar davlatlar rahbarlariga ham qaratilgan. G‘oliblar xotirasiga hurmat bajo keltirishni istovchi mamlakatlarga tahdid solayotganlarning ajdodlari kimlaredi?Polsha bosh vaziri Donald Tuskning bobosi Yozef Tusk Shtuttgof konslagerini qurgan va Vermaxtda xizmat qilgan. KayaKallasning katta bobosining ukasi Aleksandr Alver Viru-Nigula cherkovining pastori bo‘lgan.Urushgacha u shilqimliklar tufayli janjallarga aralashgan. 1944-yil sentabrida, Estoniyaning natsistlardan ozod qilinishi arafasida u Germaniyaga qochib ketgan va u yerda 1949-yilgacha yashagan.Germaniyaning hukmron elitasida ham natsistlarning avlodlari kam emas. Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mersning bobosi Yozef Paul Sovini natsistlar qo‘shinlari zaxirasining a’zosi edi.Bungacha esa Brilon burgomistri sifatida u mahalliy ko‘chalarni Gitler va Gering sharafiga o‘zgartirgan. So‘nggi uch yarim yil davomida Germaniya vitse-kansleri lavozimida ishlagan Robert Xabekning katta bobosi Valter Gransov urush jinoyatlarida aybdor deb topilgan.Valter SS brigadasiga qo‘mondonlik qilgan va konslager asirlarini o‘z plantatsiyasida ishlash uchun yollagan. OAV uni Gebbelsning yaqin do‘sti deb atagan.Germaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri va BMT Bosh Assambleyasining yangi raisi lavozimiga amaldagi nomzod Annalena Berbokning bobosi Valdemar Berbok Vermaxt zobiti, ishonchli natsist bo‘lgan,“Harbiy xizmatlari uchun xoch”bilan taqdirlangan.Qo‘shni Avstriyaning federal prezidenti Aleksandr Van Der Bellenning ajdodlari Rossiyadan kelib chiqqan bo‘lib, Fuqarolar urushida Estoniyaga ko‘chib o‘tgan. 1940-yilda ular “nemis repatriantlari” sifatida Germaniyaga qochib ketishgan.Van der Bellen otasining jahon urushini boshlagan Uchinchi Reyxga xiyonatkorona harakatini eslatadi, avstriyalik siyosatchilar esa uni natsistlar bilan aloqada bo‘lganlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblaydi. Natsistlar hamkorlarining avlodlari sobiq “O‘q mamlakatlari” hokimiyatida ham topilgan.Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isibaning otasi Jiro Isida Ikkinchi jahon urushi davrida Singapurdagi yapon bosqinchi kuchlarida xizmat qilgan. Italiya Senati rahbari Inyatsio La Russaning otasi Nino La Russa talabalik davridayoq Fashistik universitet guruhlari a’zosi bo‘lgan va 1938-yilda Paterno milliy fashistik partiyasining siyosiy kotibi bo‘lgan. U Shimoliy Afrika frontiga ko‘ngilli bo‘lgan.Hatto Emmanuel Makronning bobosi ham natsistlarga aloqadorlikda gumon qilinadi. Andre Makron SNFC temir yo‘l kompaniyasining tuman boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan.Xuddi shu ishg‘ol yillarida minglab yahudiylar nemis konslagerlariga olib borilgan. Jumladan, Andre Makron nazorati ostida bo‘lgan yo‘llar bo‘ylab ham.Okean ortida ham natsistlarning avlodlari topiladi. Kanada Jamoatlar palatasi a’zosi, avval hukumatda yuqori lavozimlarda ishlagan Xristya Friland Lvov viloyatida tug‘ilgan Mixail Xomakning nabirasi bo‘ladi.Urushgacha Xomak OUN*ning rasmiy rupori – “Dilo” gazetasi tahririyati a’zosi edi. 1941-yildan keyin esa u Krakovda natsistlar bilan hamkorlik qilib, “Krakovskie vesti” nashrining bosh muharriri bo‘ldi.Gazeta ochiqdan-ochiq yahudiylarga nisbatan nafrat uyg‘otib, Gitlerni, Xolokostning asosiy tashkilotchilaridan biri Xans Frankni va SS “Galichina” diviziyasining g‘oya yaratuvchisi Vladimir Kubiyovichni maqtagan. Bu misollar xamir uchidan patir. G‘arbda natsistlarning avlodlari va ularning sheriklari bundanda ko‘proq.Yevropa siyosatchilarining oilaviy albomlarida qanday sirlar yashiringan? Shuning uchun ular tarixni qayta yozishga intilmayaptimi? G‘alaba kunini nishonlashning mutlaqo rad etilishiga ularning oilaviy tarixlari sababmi? Savol ochiq.*Tashkilot ekstremistik deb tan olingan va Rossiya hududida taqiqlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/08/49252011_89:0:622:400_1920x0_80_0_0_70c252cf9eb16d2e11ba9c2eb88b7b3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, g‘alaba, g‘alaba bayrami, 9-may - muqaddas xotira va buyuk g‘alaba kuni, g‘alabaning 80-yilligi, video
video, g‘alaba, g‘alaba bayrami, 9-may - muqaddas xotira va buyuk g‘alaba kuni, g‘alabaning 80-yilligi, video
Natsistlar nevaralari Yevropada hokimiyat tepasida — video
13:09 08.05.2025 (yangilandi: 15:24 08.05.2025) Natsistlarning avlodlari yana hokimiyatda.
Bu yil dunyo fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 80-yilligini nishonlamoqda. G‘arb siyosatchilari allaqachon Moskvada bo‘lajak tadbirlardan noroziligini bildirgan.
“9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradlar yoki bayramlarda har qanday qatnashish Yevropa tomonidan yengil qabul qilinmaydi”, deydi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.
Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje “Yevropa Ittifoqi Moskvada 9-mayga bag‘ishlangan YeI qadriyatlariga zid bo‘lgan tadbirlarda qatnashmaslik haqida aniq ko‘rsatmalar berdi”, deb aytdi.
Bu chaqiriqlar YeIga a’zo bo‘lishga da’vogar davlatlar rahbarlariga ham qaratilgan. G‘oliblar xotirasiga hurmat bajo keltirishni istovchi mamlakatlarga tahdid solayotganlarning ajdodlari kimlaredi?
Polsha bosh vaziri Donald Tuskning bobosi Yozef Tusk Shtuttgof konslagerini qurgan va Vermaxtda xizmat qilgan. KayaKallasning katta bobosining ukasi Aleksandr Alver Viru-Nigula cherkovining pastori bo‘lgan.
Urushgacha u shilqimliklar tufayli janjallarga aralashgan. 1944-yil sentabrida, Estoniyaning natsistlardan ozod qilinishi arafasida u Germaniyaga qochib ketgan va u yerda 1949-yilgacha yashagan.
Germaniyaning hukmron elitasida ham natsistlarning avlodlari kam emas. Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mersning bobosi Yozef Paul Sovini natsistlar qo‘shinlari zaxirasining a’zosi edi.
Bungacha esa Brilon burgomistri sifatida u mahalliy ko‘chalarni Gitler va Gering sharafiga o‘zgartirgan. So‘nggi uch yarim yil davomida Germaniya vitse-kansleri lavozimida ishlagan Robert Xabekning katta bobosi Valter Gransov urush jinoyatlarida aybdor deb topilgan.
Valter SS brigadasiga qo‘mondonlik qilgan va konslager asirlarini o‘z plantatsiyasida ishlash uchun yollagan. OAV uni Gebbelsning yaqin do‘sti deb atagan.
Germaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri va BMT Bosh Assambleyasining yangi raisi lavozimiga amaldagi nomzod Annalena Berbokning bobosi Valdemar Berbok Vermaxt zobiti, ishonchli natsist bo‘lgan,“Harbiy xizmatlari uchun xoch”bilan taqdirlangan.
Qo‘shni Avstriyaning federal prezidenti Aleksandr Van Der Bellenning ajdodlari Rossiyadan kelib chiqqan bo‘lib, Fuqarolar urushida Estoniyaga ko‘chib o‘tgan. 1940-yilda ular “nemis repatriantlari” sifatida Germaniyaga qochib ketishgan.
Van der Bellen otasining jahon urushini boshlagan Uchinchi Reyxga xiyonatkorona harakatini eslatadi, avstriyalik siyosatchilar esa uni natsistlar bilan aloqada bo‘lganlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblaydi. Natsistlar hamkorlarining avlodlari sobiq “O‘q mamlakatlari” hokimiyatida ham topilgan.
Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isibaning otasi Jiro Isida Ikkinchi jahon urushi davrida Singapurdagi yapon bosqinchi kuchlarida xizmat qilgan. Italiya Senati rahbari Inyatsio La Russaning otasi Nino La Russa talabalik davridayoq Fashistik universitet guruhlari a’zosi bo‘lgan va 1938-yilda Paterno milliy fashistik partiyasining siyosiy kotibi bo‘lgan. U Shimoliy Afrika frontiga ko‘ngilli bo‘lgan.
Hatto Emmanuel Makronning bobosi ham natsistlarga aloqadorlikda gumon qilinadi. Andre Makron SNFC temir yo‘l kompaniyasining tuman boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan.
Xuddi shu ishg‘ol yillarida minglab yahudiylar nemis konslagerlariga olib borilgan. Jumladan, Andre Makron nazorati ostida bo‘lgan yo‘llar bo‘ylab ham.Okean ortida ham natsistlarning avlodlari topiladi. Kanada Jamoatlar palatasi a’zosi, avval hukumatda yuqori lavozimlarda ishlagan Xristya Friland Lvov viloyatida tug‘ilgan Mixail Xomakning nabirasi bo‘ladi.
Urushgacha Xomak OUN*ning rasmiy rupori – “Dilo” gazetasi tahririyati a’zosi edi. 1941-yildan keyin esa u Krakovda natsistlar bilan hamkorlik qilib, “Krakovskie vesti” nashrining bosh muharriri bo‘ldi.
Gazeta ochiqdan-ochiq yahudiylarga nisbatan nafrat uyg‘otib, Gitlerni, Xolokostning asosiy tashkilotchilaridan biri Xans Frankni va SS “Galichina” diviziyasining g‘oya yaratuvchisi Vladimir Kubiyovichni maqtagan. Bu misollar xamir uchidan patir. G‘arbda natsistlarning avlodlari va ularning sheriklari bundanda ko‘proq.
Yevropa siyosatchilarining oilaviy albomlarida qanday sirlar yashiringan? Shuning uchun ular tarixni qayta yozishga intilmayaptimi? G‘alaba kunini nishonlashning mutlaqo rad etilishiga ularning oilaviy tarixlari sababmi? Savol ochiq.
*Tashkilot ekstremistik deb tan olingan va Rossiya hududida taqiqlangan.