Velikaya Otechestvennaya voyna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi keng nishonlanadi. O‘zbekistonda bayram sharafiga yubiley medali ta’sis etildi, faxriylarning uy-joylari ta’mirlanadi, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi.

O‘zbekistonning parad bo‘linmasi 9-may kuni Qizil maydon bo‘ylab o‘tadi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBroneavtomobil "Tigr-M" na voyennom parade na Krasnoy ploshadi
Broneavtomobil Tigr-M na voyennom parade na Krasnoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2025
Obuna bo‘lish
Yuriy Ushakov: Qizil maydon bo‘ylab 13 ta mamlakatning parad bo‘linmalari yurishadi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonning parad bo‘linmasi 9-may kuni Qizil maydon bo‘ylab o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
O‘zbekistondagi urush faxriylari soni — infografika
Yuriy Ushakov Moskvada Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligini nishonlash rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar tafsilotlarini oshkor qildi.
Tadbirlarda 29 ta davlat rahbarlari ishtirok etadi:
Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Burkina-Faso, Venesuela, Vyetnam, Gvineya-Bisau, Misr, Zimbabve, Xitoy, Kongo, Kuba, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Falastin, Serbiya, Slovakiya, Ekvatorial Gvineya, Efiopiya, Janubiy Osetiya.
Hindiston, Nikaragua va Janubiy Afrikaning yuqori martabali vakillari qatnashadi.
ShHT, MDH, YeOII, KXShT, Islom hamkorlik tashkiloti, Afrika Ittifoqi komissiyasi, Rossiya va Belarus ittifoq davlati bosh kotiblari, Yangi taraqqiyot banki prezidenti ishtirok etadi.

“Qizil maydon bo‘ylab 13 ta mamlakatning parad bo‘linmalari yurishadi: Ozarbayjon, Vyetnam, Belarus, Misr, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston”, - dedi Ushakov.

Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mudofaa vazirliklari rahbarlari va xorijiy davlatlar, jumladan, Isroil va AQShdan faxriylar taklif etilgan.
Vladimir Putinning qator davlatlar rahbarlari bilan 15 tadan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev vo vremya voyennogo parada  Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Mirziyoyev Moskvadagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0