Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro stomatologik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishNatsionalniy vistavochniy kompleks UzEkspoTSentr, gde proxodit Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka "Innoprom. Sentralnaya Aziya", v Tashkente.

© Sputnik / Valeriy Melnikov
/ Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada bir qator mamlakatlarning stomatologiya va tashxisga oid uskunalari namoyish etiladi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Toshkentda 14-may kuni "IDECA 2025" Markaziy Osiyo xalqaro stomatologik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ko‘rgazmada nafaqat soha yangiliklari namoyish etiladi, balki, mahorat darslari va dolzarb mavzudagi munozaralarni o‘z ichiga olgan forum o‘tkaziladi.
Tadbirda professor Lakshm an Samaranyanke "Stomatologiyada infeksiyalarning oldin olish va ularni nazorat qilishga muhim nazar" loyihasini taqdim etadi.
“Har xil infeksion kasalliklarning nafaqat soni oshib borapti, balki ularning turlar ham ko‘payib borapti. Masalan, O‘zbekistonda shifokor qo‘lini, asbob-uskunalarni dezinfeksiya qilishda tarkibida xlor mavjud bo‘lgan vositalar qo‘llaniladi. Bulardan esa ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar voz kechgan. Chunki ularda inson organizmi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, hamda tibbiy uskunalarga ziyon yetkazuvchi elementlar mavjud”, — deyilgan xabarda.
Aytilishicha, hozirda tarkibida xlor mavjud bo‘lgan vositalar o‘rnini zamonaviylari egallamoqda.
"IDECA" loyihasi direktori Fazliddin Sadikovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazma O‘zbekiston stomatologiyasi rivojiga oid masalalar muhokamasi bilan chegaralanib qolmaydi.
Dolzarb mavzularda munozaralarni davom ettirish, keyinchalik esa buni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokida davom ettirish rejalashtirilgan. Qolaversa, tadbir davomida talabalar va mutaxassislar uchun mashhur mutaxassislarning stomatologiya sohasidagi eng zamonaviy uslublari taqdim etiladi.
Masalan, rossiyalik ekspert Stas Belous rahbarligida stomatologiyada yangi raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi amalda ko‘rsatiladi.
"Mahorat darslarida biz, stomatologik protezlar konstruksiyalarini tayyorlashning to‘liq siklini namoyish etamiz. Buning uchun bu yerda mini-laboratoriya o‘rnatiladi. Ish bemorni qabul qilishdan boshlanadi. Keyin esa — uning uchun laboratoriyada butun konstruksiyani tayyorlash bosqichi”, — deb tushuntirdi Sadikov.
Ko‘rgazmada Germaniya, Rossiya, Xitoy, AQSh Shveysariya, Janubiy Koreya va kabi mamlakatlarning stomatologiya va tashxisga oid uskunalar namoyish etiladi.