https://oz.sputniknews.uz/20250506/sirdaryo-viloyat-chorvachilik-majmua-49204471.html
Sirdaryo viloyatida yirik chorvachilik majmuasi ishga tushiriladi
Sirdaryo viloyatida yirik chorvachilik majmuasi ishga tushiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Oqoltin, Guliston va Boyovut tumanlaridagi 9 ming gektarda 3 ta yirik chorvachilik majmuasi ishga tushiriladi. 06.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-06T10:04+0500
2025-05-06T10:04+0500
2025-05-06T10:27+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sirdaryo
shavkat mirziyoyev
chorva
qishloq xo‘jaligi
paxta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16125098_0:167:3051:1883_1920x0_80_0_0_41deee594c3a18384166d2f37a07c11b.jpg
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Sirdaryo viloyatida yirik chorvachilik majmuasi ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, viloyatda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Oqoltin, Guliston va Boyovut tumanlaridagi 9 ming gektarda 3 ta yirik chorvachilik majmuasini ishga tushirish, 7 ming gektarda yangi texnologiya asosida paxta yetishtirish mo‘ljallangan. Viloyatda 10 ming gektar bog‘ va tokzor bor. Ularning yarmidan ko‘pida nav va agrotexnologiya eskiligi uchun meva-sabzavot xaridorgir emas. Shu bois 2 ming gektar bog‘ni yangilab, xorijda eng xaridorgir mevalar yetishtirish, qolganini talabgorlarga taklif etish ko‘zda tutilgan. Qolaversa, bu yil “O‘ng tarmoq” tumanlararo kanalining 607 kilometrini rekonstruksiya qilish va raqamli boshqaruvga o‘tkazish loyihasi yakunlanadi. Natijada 35-40 foiz suv tejaladi, 27 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250209/eoii-mamlakatlari-chorvachilik-mahsulotlari-savdosini-rivojlantirmoqchi-47900540.html
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16125098_160:0:2891:2048_1920x0_80_0_0_12bca8b70117fad8b1cabc0adcfe615a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sirdaryo, shavkat mirziyoyev, chorva, qishloq xo‘jaligi, paxta
jamiyat, o‘zbekiston, sirdaryo, shavkat mirziyoyev, chorva, qishloq xo‘jaligi, paxta
Sirdaryo viloyatida yirik chorvachilik majmuasi ishga tushiriladi
10:04 06.05.2025 (yangilandi: 10:27 06.05.2025) Oqoltin, Guliston va Boyovut tumanlaridagi 9 ming gektarda 3 ta yirik chorvachilik majmuasi ishga tushiriladi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Sirdaryo viloyatida yirik chorvachilik majmuasi ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, viloyatda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Oqoltin, Guliston va Boyovut tumanlaridagi 9 ming gektarda 3 ta yirik chorvachilik majmuasini ishga tushirish, 7 ming gektarda yangi texnologiya asosida paxta yetishtirish mo‘ljallangan.
Viloyatda 10 ming gektar bog‘ va tokzor bor. Ularning yarmidan ko‘pida nav va agrotexnologiya eskiligi uchun meva-sabzavot xaridorgir emas. Shu bois 2 ming gektar bog‘ni yangilab, xorijda eng xaridorgir mevalar yetishtirish, qolganini talabgorlarga taklif etish ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, bu yil “O‘ng tarmoq” tumanlararo kanalining 607 kilometrini rekonstruksiya qilish va raqamli boshqaruvga o‘tkazish loyihasi yakunlanadi. Natijada 35-40 foiz suv tejaladi, 27 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi.