Endi O‘zbekiston istiqbolli kadrlarni yangicha tizim asosida tayyorlaydi
© Getty Images / andresrInnovatsionnoe obuchenie v vuze

© Getty Images / andresr
Obuna bo‘lish
“El-yurt umidi” jamg‘armasi va Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etildi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev istiqbolli kadrlarni tayyorlash va mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflarni ma’qulladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Aytilishicha, “El-yurt umidi” jamg‘armasi prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib, Davlat boshqaruvi akademiyasi prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etildi.
Ular Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birga kadrlar tayyorlash klasteriga aylantiriladi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

1/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident farmoni bilan jamg‘armaning ijrochi direktori lavozimiga Gulnoza Ismailova, akademiya rektori lavozimiga esa Jasur Salixov tayinlandi.
“Istiqbolli mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura bilan bir qatorda davlat xizmatchilari olti oygacha maqsadli stajirovkaga yuboriladi. Bunda energetika, urbanizatsiya, transport, arxitektura, geodeziya, yer munosabatlari, texnika, muhandislik kabi iqtisodiyotning drayver sohalariga, davlat boshqaruvi va dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi”, — deyilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po selevoy podgotovke perspektivnix kadrov i podderjke obucheniya spetsialistov za rubejom.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po selevoy podgotovke perspektivnix kadrov i podderjke obucheniya spetsialistov za rubejom.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Quyidagilar amalga oshiriladi:
xalqaro reytinglarda “TOP-100” talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi;
“Top-300” talikda bo‘lgan universitetlarga grantga kirganlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi;
“Top-20” talikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan Prezident maktablari bitiruvchilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi;
xorijda o‘qiyotganlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida yordamlashish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining ota-onalari kengashi tuziladi;
elchixona va konsulliklarga talabalarga huquqiy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish vazifalari yuklatiladi.
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Hokimlar maktabi”, “Rahbar ayollar maktabi”, “Kelajak liderlari” kabi kurslarda ilg‘or ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Yangi tizimga asosan, davlat xizmatchilari uchun 3 ta dastur – malaka oshirish, qayta tayyorlash va magistratura yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
magistraturada “Davlat boshqaruvi”, “Davlat siyosati”, “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Inson resurslarini rivojlantirish” va “Davlat moliyasini boshqarish” yo‘nalishlarida 18 oygacha muddatda chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi;
davlat buyurtmasidan tashqari to‘lov-kontrakt shaklida ham talabgorlar qabul qilinadi;
akademiyada ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish, nufuzli xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish uchun Xalqaro akademik maslahat kengashi tuziladi.
Qolaversa, akademiya huzurida 4 ta yangi markaz tashkil etilmoqda.