Yangi avtovokzal: Samarqanddan Rossiya va Qozog‘istonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© SputnikV Samarkande zavershayut stroitelstvo mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na 10 tis. passajirov v sutki
V Samarkande zavershayut stroitelstvo mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na 10 tis. passajirov v sutki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Majmua bir vaqtning o‘zida 100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni sig‘dira oladi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Samarqandda kuniga 10 ming yo‘lovchiga mo‘ljallangan xalqaro avtovokzal qurilishi yakunlanmoqda, u sentabr oyida ishga tushiriladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Avtovokzal Samarqandga kiraverishda – Cho‘ponota tepaligida qurilmoqda. U kuniga 10 ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
© SputnikV Samarkande blizitsya k zaversheniyu stroitelstvo sovremennoy mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na obslujivanie do 10 tisach passajirov v sutki.
V Samarkande blizitsya k zaversheniyu stroitelstvo sovremennoy mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na obslujivanie do 10 tisach passajirov v sutki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
V Samarkande blizitsya k zaversheniyu stroitelstvo sovremennoy mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na obslujivanie do 10 tisach passajirov v sutki.
Qayd etilishicha, 4,6 gektar maydonda 3 qavatli bino qurilib, u yerda kutish zali, tibbiyot punkti, dam olish xonalari, savdo do‘konlari, ona va bola xonasi, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar joylashtiriladi. Asosiy binoning orqasida 550 ta transport vositasiga mo‘ljallangan, texnik imkoniyatlarga ega keng avtoturargoh mavjud.
Majmua bir vaqtning o‘zida 100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni sig‘dira oladi.
“SXF Camping” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihasi rahbari Shohrux Rofiyevning aytishicha, qurilish ishlari yakuniy bosqichda bo‘lib, avtovokzal sentabr oyida ilk yo‘lovchilarini qabul qiladi.
© SputnikV Samarkande blizitsya k zaversheniyu stroitelstvo sovremennoy mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na obslujivanie do 10 tisach passajirov v sutki.
V Samarkande blizitsya k zaversheniyu stroitelstvo sovremennoy mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na obslujivanie do 10 tisach passajirov v sutki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
V Samarkande blizitsya k zaversheniyu stroitelstvo sovremennoy mejdunarodnoy avtostansii, rasschitannoy na obslujivanie do 10 tisach passajirov v sutki.

“Shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlar tashkil etiladi. Masalan, Samarqanddan avtobuslar Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari yo‘nalishida qatnaydi. Samarqand – Toshkent – ​​Samarqand yo‘nalishida qulay avtobus yo‘nalishlari ochiladi. Bundan tashqari, rejalarda xalqaro reyslar, jumladan, Rossiya va Qozog‘istonga yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi. Yangi avtovokzalning asosiy jihati shundaki, u Samarqand yo‘llaridagi tirbandlikni sezilarli darajada yengillashtiradi”, - deydi Rofiyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, oddiy avtobus va mikroavtobuslar markazga kirishi shart emas, yo‘lovchilar esa jamoat transportida yo‘llarini davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0