Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar qanday rivojlanmoqda?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Biz Ittifoqimiz hududida qanday ilg‘or sanoat mahsulotlari shakllanayotganini ko‘rib turibmiz, dedi Chekushov.
Bu yil “Innoprom” ko‘rgazmasida nafaqat Rossiya va O‘zbekiston sanoati, balki YeOII mamlakatlari stendlari ham namoyish etildi. Ular orasida Qirg‘iziston va Belarus Respublikasi ham bor, deb ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Roman Chekushov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida.
“Birinchi muhim voqea — Toshkentdagi Xalqaro katta sanoat haftaligidir, bu yil u beshinchi yubiley ko‘rgazmasi hisoblanadi. Bu faqatgina sanoatning eng yaxshi yutuqlari namoyish etiladigan ko‘rgazma emas. Joriy yilda Rossiya va O‘zbekiston sanoati bilan birga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar, jumladan, Qirg‘iziston va Belarus Respublikasi ham o‘z stendlari bilan ishtirok etmoqda. Biz Ittifoqimiz hududida qanday ilg‘or sanoat mahsulotlari shakllanayotganini ko‘rib turibmiz”, - dedi Chekushov.
Ta’kidlanishicha, Rossiya tovarlarini O‘zbekistonga va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Rossiyaga yetkazib berish muhokama qilindi.
“Bugun biz logistika imkoniyatlari bilan ham tanishdik va savdo operatsiyalarini rivojlantirish rejalarini muhokama qildik. Albatta, bizning vazirligimiz, Rossiya eksportchilari va sanoatchilari uchun sanoat hamda texnologiyaviy kooperatsiya masalalari doim diqqat markazida bo‘lib qoladi”, - dedi vazir o‘rinbosari.
Batafsil videoda ko‘ring.
Yangiliklar lentasi
0